Click to listen highlighted text!

OITS va OIV infeksiyasining profilaktikasi bo‘yicha ma’rifiy uchrashuv

04.12.2025 13:05:57 13 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) va orttirilgan immunitet tanqisligi virusi (OIV) infeksiyasi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Zuhra Shaniyazova hamda biologiya kursi tinglovchilari ishtirokida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida OITS va OIV infeksiyasining tarqalish sabablari, xavf omillari, kasallikni yuqtirish mexanizmlari hamda undan saqlanish usullari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kasallikning inson organizmidagi ta’siri va a’zolarning shikastlanishi bo‘yicha laboratoriya jarayonlari namoyish etildi, uning ijtimoiy oqibatlari yuzasidan tushunchalar yetkazildi. Uchrashuvda ayniqsa yuqumli kasalliklarning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, sog‘lom turmush tarziga rioya etish va xavfli vaziyatlardan o‘z vaqtida saqlanishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!