Click to listen highlighted text!

Yangi metodikalar – ta’lim sifatini oshirishning muhim omili

30.04.2025 09:08:16 122 Баспаға шығарыў

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi «2022-2026-yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida»gi PP-134-sonli Farmonidagi maktab ta’limini rivojlantirishga qaratilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi tomonidan rejali tarzda pedagoglarga uzluksiz metodik yordamlar ko‘rsatib borish belgilab olingan. Shu maqsadda 28-aprel kuni Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Xo‘jayli tumanidagi umumiy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun «Yangi metodikalar ta’lim sifatini oshirishning muhim omili» mavzusida qisqa muddatli ko‘chma kurs tashkil etildi. Ko‘chma kurs amaliy seminar tarzida o‘tkazildi. Kursning maqsadi: o‘quv-tarbiya jarayonini innovatsion yondashuvlar bilan boyitish, o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Kurs davomida mavzular o‘rganildi: Sinfni boshqarish va o‘quvchilar bilan ijobiy munosabat o‘rnatish; Savollar berish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish; Loyihaga asoslangan ta’lim; O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda zamonaviy yondashuvlar; Darsni rejalashtirish va dars maqsadlarini to‘g‘ri qo‘yish. Ishtirokchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalar, Kembrij o‘qitish tizimiga asoslangan innovatsion metodlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Pedagogik mahorat markazi tomonidan bunday kurslar yil davomida Loyiha asosida tashkil etib borilishi rejalashtirilgan.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!