Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 2-sentabrdagi 329-son buyrug‘i asosida 2025–2026-o‘quv yilida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik faoliyatni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tadbirlar boshlandi.
2025-yil 8–10-sentabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Metodik mahorat kuni” hamda “Metodik mahorat soati” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirda dastlabki yillarda matematika, kognitiv rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash metodlari, tabiat va jamiyat mavzusi orqali atrof-muhitni anglash, til va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar kabi mavzular muhokama qilinmoqda.
Pedagogik mahorat markazi katta o‘qituvchisi Gulzar Baytileuova o‘z amaliy tajribasi va tavsiyalari bilan ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun:metodik tadbirlar respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich o‘tkazilishi rejalashtirilgan.