Click to listen highlighted text!

BERUNIY TUMANIDA O‘QITUVCHILAR UCHUN AMALIY METODIK SEMINAR O‘TKAZILDI

14.11.2025 15:17:35 45 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 28-oktyabrdagi 35-sonli hamda Beruniy tumani hokimligining 2025-yil 25-oktyabrdagi 2-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Beruniy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli, ta’lim sifati past va murakkab muhitdagi maktab o‘qituvchilari uchun amaliy metodik seminar tashkil etildi.

Seminar Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlaridan iborat mobil metodik guruh tomonidan Beruniy tumani 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, dars sifatini va metodikasini yaxshilash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatildi.

Maqsad:

Ta’lim sifati past va murakkab sharoitdagi maktab o‘qituvchilariga metodik yordam ko‘rsatish, ularning pedagogik malakasini oshirish, dars sifatini yaxshilash va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!