2025-yil 13-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi tashabbusi bilan yurtimizda har yili nishonlanib kelinayotgan «Hosil bayrami» tadbiri o‘tkazildi.
Bu bayram yurtimizning hosildor dalalari, mirishkor dehqonlarimizning fidokorona mehnati va ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan dehqonchilik an’analarini qadrlashga xizmat qilib, jamiyatimizda mehnat va baraka timsoli sifatida keng nishonlanadi.
Tadbir davomida tinglovchilar tomonidan turli meva-sabzavotlardan tayyorlangan ko‘rgazmalar va dehqonchilikka oid tabiiy jarayonlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmali materiallar namoyish etildi.
Tinglovchilarning ijodiy ishtiroki va mavzuga bo‘lgan qiziqishi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.





