Click to listen highlighted text!

Qoraqalpog‘istonlik pedagoglar Fransiyada malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli yakunladi

26.02.2026 16:27:29 12 Баспаға шығарыў

A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti va Francophonia markazi hamkorligida Fransiyaning Nitsa shahrida tashkil etilgan malaka oshirish dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur o‘quv kurslari ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, zamonaviy pedagogik usullarni amaliyotga tatbiq etish va sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘qitish jarayoniga integratsiya qilish masalalariga bag‘ishlandi.

Dastur doirasida Aix-en Provence Provans instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan 10 kunlik mashg‘ulotlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi vakillari — direktor o‘rinbosari Baymurat Iztileuov va kafedra mudiri Raaj Bauetdinov faol ishtirok etdilar.

O‘quv kursi yakunida tinglovchilarga Francophonia markazi va Aix-en Provence instituti tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!