Click to listen highlighted text!

Muallif: admin_kkrpm

Xalqaro tadqiqot doirasida o‘qish savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari boshlandi

  2026-yil 14-yanvar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida xalqaro tadqiqot doirasida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur trening xalqaro tadqiqot natijalari hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning matnni ongli o‘qish, mazmunini chuqur anglash va tahlil qilish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishga […]

Tajriba va innovatsiya uyg‘unligi — ta’lim sifatini oshirish yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 17-martdagi 89-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida “O‘qituvchilarning oldingi ish tajribasi hamda xizmat davomida qo‘llab kelinayotgan zamonaviy metodikalarni joriy etish tizimini takomillashtirish” mavzusida Qoʻng‘irot tumani 41-sonli umumta’lim maktabida seminar-trening tashkil etildi.  Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi metodistlari ishtirok etib, tabiiy fanlar, aniq fanlar, amaliy va filologiya fanlari yo‘nalishlari […]

Maktabgacha ta’limda ijtimoiy-emotsional rivojlanish: metodik mahorat kuni

#Metodik_mahorat_kuni   2026-yil 6-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Bolalarda ijtimoiy-emotsional rivojlanishni rag‘batlantirish” mavzusida navbatdagi “Metodik mahorat kuni” tadbirlari o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida bolalarda ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarni shakllantirish, ularning his-tuyg‘ularini anglash va boshqarish, shuningdek, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi. […]

PIRLS tadqiqoti doirasida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirish bo‘yicha trening boshlandi

A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat institutida PIRLS xalqaro tadqiqoti doirasida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirishga qaratilgan trening tashkil etildi. Mazkur treningda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori v.v.b. B. Iztileuov, Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari N. Artıqbaeva va N. Allashova faol ishtirok etmoqda. Treningning asosiy maqsadi — PIRLS tadqiqoti natijalari asosida ishlab chiqilgan amaliy yondashuvlar orqali […]

Pedagogik mahorat markazida yangi o‘quv kurslari boshlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 2026-yil yanvar oyi uchun mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari boshlandi. Joriy oyda markazda tashkil etilgan 37 ta guruhda 100 soatlik malaka oshirish kurslarida jami 975 nafar o‘qituvchi-pedagog ishtirok etmoqda. Kurslar 24 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilarning kasbiy bilim, malaka va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida o‘quv yilining birinchi kuni ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 2026-o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Markazning Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Qaypnazarov ochib berdi. U ishtirokchilarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, tinglovchilarga kurslarning maqsad va vazifalari, o‘quv jarayoni, zamonaviy ta’lim metodlari hamda pedagoglarning kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, tadbirda Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish […]

QADRLI VATANDOSHLAR, MUHTARAM USTOZLAR VA HAMKASBLAR!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi jamoasi nomidan barchangizni o‘zgacha quvonch va umid bag‘ishlab, ulkan bunyodkorlik ishlariga ruhlantirayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklayman. Boshlanajak 2026 yil ham yurtimiz tarixida, ayniqsa, ta’lim sohasidagi fidoyi xodimlar uchun ko‘plab yutuq va yangilanishlarga to‘la yil bo‘lsin! Sizlarga mustahkam sog‘liq, uzoq umr tilaymiz! Yangi yil yangi baxt, o‘yin-kulgi va ajib […]

SOVG‘ALAR TOPSHIRILDI, EZGU TILAKLAR BILDIRILDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Yangi yil bayrami munosabati bilan “Yangi yil — yangi umidlar!” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Pedagogik mahorat markazi direktori vazifasini bajaruvchi Baymurat Iztileuov so‘zga chiqib, markaz jamoasini kirib kelayotgan 2026 yil bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida u xodimlarning yil davomida amalga oshirgan samarali mehnati, mas’uliyatli faoliyati va ta’lim sohasidagi xizmatlarini […]

Markaziy Osiyo taraqqiyotining yangi bosqichi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 13–14-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi sammiti doirasida amalga oshirilgan uchrashuv va tadbirlar yuzasidan “Ma’naviyat soati” tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 13-noyabr 2025-yilda Xalq so‘zi gazetasida e’lon qilingan “Markaziy Osiyo yangi davr bo‘sag‘asida” nomli maqolasi muhokama qilindi. Ma’naviyat soatida Pedagogik mahorat markazining […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!