Click to listen highlighted text!

Yil: 2025

Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi”

#Chellenj Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Aytjanov Djambul tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida “Boshlang‘ich ta’lim» qozoq guruhi kursi tinglovchilari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi” mavzusida chellenj tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi tinglovchilarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ochiqlik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi […]

Professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyati bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi

Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi. Yig‘ilishni Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.B. Qaypnazarov ochib berdi va olib bordi. Markazda jami 146,5 nafar xodim faoliyat yuritib, ulardan 51 nafari professor-o‘qituvchilardir. Ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar ulushi 35,2 foizni tashkil etadi. Jumladan, […]

Bugun nufuzli va xalqaro mintaqaviy olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar hamda ularning ustozlarini taqdirladik.

 Endigina 16-18 yoshni qarshi olayotgan o‘g‘il-qizlarning bunday katta yutuqlarini ko‘rib, Vatanimiz kelajagi ishonchli qo‘llarda ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim. Ular ilm ortidan milliarder bo‘lish mumkinligini isbotlashdi. Umuman, bu yil terma jamoamiz o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd qildi — xalqaro olimpiadalarda joriy yil davomida jami 210 ta medal qo‘lga kiritildi. Bularning barchasi Davlatimiz rahbarining […]

«Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

1992-yil 14-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining XI sessiyasida «Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Bugun Nukus shahri markazida o‘rnatilgan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat bayroqlari yonida «Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinganining 33-yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, xalqimizni […]

O‘qituvchilar uchun amaliy-metodik tajriba almashinuvi tashkil etildi

Pedagogik mahorat markazi metodistlari tomonidan metodik amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Beruniy tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabida 15-, 20-, 23-, 34-, 39-, 40-, 53- va 54-sonli maktab o‘qituvchilari uchun “Darslarga tayyorgarlik ko‘rish va uni loyihalash” mavzusida “Metodik impuls” seminar-treningi o‘tkazildi. Tadbir energayzer bilan boshlangan bo‘lib, “Wordwall” platformasi orqali o‘qituvchilarning diqqatini jamlash va faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan mashg‘ulotlar […]

BERUNIY TUMANIDA INGLIZ TILI FANI BO‘YICHA OCHIQ DARS TAHLILI O‘TKAZILDI

Pedagogik mahorat markazining ingliz tili fani metodisti Z. Bagdiyarova tomonidan Beruniy tumanidagi 29-, 35- va 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ingliz tili fani yetakchi o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan ochiq darslar tahlil qilindi. Tahlil davomida metodist tomonidan darsning tashkiliy jihatlari, qo‘llanilgan zamonaviy metodlar, o‘quvchilarning faolligi hamda mavzuni o‘zlashtirish darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Metodist Z. Bagdiyarova dars jarayonida […]

Korruptsiya – taraqqiyotga to‘siq: mas’ullar ishtirokida amaliy muloqat

Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasida korruptsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida vazirlik va idoralar xodimlari ishtirokida «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi. Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korruptsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig’i B.Matmuratov, shuningdek, sohaga aloqador mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi – davlat organlari faoliyatining shaffofligini, ularning jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorligini […]

“Korrupsiyasiz jamiyat” mavzusida tadbir o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan “Korrupsiyasiz jamiyat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi A. Shirazov so‘z olib, 2025-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining majlisi natijalari haqida ma’lumot berdi. U korrupsiyaning islohotlar yo‘lida eng katta to‘siq ekanligini […]

Energetika – Turmushning yuragi mavzusida tadbir o‘tkazildi

2025-yil 11-dekabr kuni Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasining Fizika fani tinglovchilari tomonidan 22-dekabr – Energetiklar kuni munosabati bilan «Energetika – Turmushning yuragi» mavzusida tadbir o‘tkazildi. Energetika sohasi mamlakatning iqtisodiy salohiyati, infratuzilma barqarorligi va aholi turmush sifati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan strategik yo‘nalishlardan biridir. Bugungi kunda energetika tizimining barqaror rivojlanishi samarali energiya manbalaridan foydalanish, qayta […]

“Qalb ko‘zi bilan ko‘rilgan bilim makoni”

“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi G. Ubbiniyazova rahbarligida tinglovchilar uchun poytaxtimizdagi ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan maxsus kutubxonaga amaliy tanishuv tashrifi tashkil etildi. Maqsad — mazkur kutubxonada nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imkoniyat va texnik sharoitlar bilan tinglovchilarni yaqindan tanishtirishdan iboratdir. Tashrif davomida kutubxonada mavjud BRAYL alifbosidagi kitoblar, audiovizual manbalar, matnlarni Brayl yozuviga ko‘chirish qurilmalari, kattalashtirib […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!