Tadbirni kirish so‘zi bilan Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova ochib berdi va O‘zbekistondagi ta’lim islohotlari, xalqaro tadqiqotlardagi ishtiroki va kelgusi vazifalar haqida so‘z yuritdi. Tadbirda, shuningdek Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OЕCD) rahbarining ta’lim masalalari bo’yicha maslahatchisi Andreas Shlayxer, Boshqaruv Kengashi raisi Michele Bruniges hamda PISA dasturida ishtirok etuvchi 91 ta mamlakat vakillari […]
«Korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari» mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi
«Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasining katta o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) S. Usenov tomonidan matematika fani kursi tinglovchilari uchun «Korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq darsning asosiy maqsadi — tinglovchilarni korrupsiya holatlariga nisbatan murosasiz bo‘lishga, halollik, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillariga sodiq bo‘lishga da’vat etishdan iborat. S. Usenov korrupsiyaga qarshi […]
Tajriba almashinuvi davom etmoqda
2025-yil 12-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tinglovchilari Nukus shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurib, ilg‘or tajribalarni o‘rganishdi. Ushbu tashrif Pedagogik mahorat markazi hamda Prezident maktabi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etildi. «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi o‘qituvchilari G.Allaxova va G.Ubbiniyazova boshchiligida «Tarix» fani tinglovchilari xalqaro va mahalliy o‘qituvchilarning darslarini kuzatib, zamonaviy ta’lim metodlari bilan tanishdilar. Shuningdek, […]
O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizimi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi dotsenti Quatbay Turmanov tomonidan Uzluksiz kasbiy rivojlantirish «Informatika» kursida «O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizimi» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq dars davomida zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini samarali baholashda qo‘llaniladigan vositalar, formativ va summativ baholash turlari hamda ularning amaliyotga […]
Maktab o‘quvchilari kognitiv rivojlanishining psixologik xususiyatlari
2025-yil 13-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Alijan Arziyev tomonidan uzluksiz kasbiy rivojlanish “Biologiya” kursida “Maktab o‘quvchilari kognitiv rivojlanishining psixologik xususiyatlari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq dars davomida kognitiv rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari — ijro funksiyalari, abstrakt va tanqidiy fikrlash, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish kabi masalalar atroflicha yoritildi. […]
“Hosil bayrami” tadbiri tashkil etildi
2025-yil 13-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi dotsenti Zuhra Shaniyazova rahbarligida “Biologiya” kursi tinglovchilari bilan hamkorlikda “Hosil bayrami” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tinglovchilar tomonidan turli meva-sabzavotlardan namunalar, biologik jarayonlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmali materiallar va ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Bayram jarayonida o‘quvchilarning tabiatni asrash, mehnatsevarlik va ekologik madaniyatni rivojlantirishga […]
«Zúráát bayramı» ilajı shólkemlestirildi
2025-jıl 13-noyabr kúni Qaraqalpaqstan Respublikası Pedagogikalıq sheberlik orayınıń «Anıq hám tábiyıy pánler metodikası» kafedrası docenti Zuhra Shaniyazova basshılıǵında «Biologiya» kursı tıńlawshıları menen birgelikte «Zúráát bayramı» ilajı shólkemlestirildi. Ilajda tıńlawshılar tárepinen hár qıylı miywe-ovoshlardan úlgiler, biologiyalıq processlerdi sáwlelendiriwshi kórgizbeli materiallar hám dóretiwshilik shıǵıwlar kórsetildi. Bayram procesinde oqıwshılardıń tábiyattı saqlaw, miynet súygish hám ekologiyalıq mádeniyattı rawajlandırıwǵa qaratılǵan […]
“Metodik zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
2025-yil 13-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan “Metodik zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Ushbu tadbirning maqsadi — tinglovchilarning faolligini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, kasbiy salohiyatini namoyon etish va o‘zaro tajriba almashish uchun samarali muhit yaratishdan iborat bo‘ldi. O‘yinda boshlang‘ich ta’lim, tarbiya, rus va ingliz tili yo‘nalishlari tinglovchilari ishtirok […]
XUSH XABAR! Klishov Qodirboy Uzoqboyevich «Ta’lim fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
“Ta’lim fidoyisi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan ilmiy va publitsistik maqolalar yo‘nalishidagi tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi o‘qituvchisi Klishov Kadirbay Uzaqbaevich g‘olib deb topildi. U ta’lim sohasidagi fidokorona mehnati, ilmiy izlanishlari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyati uchun “Ta’lim fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi jamoasi K. Klishevni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaydi […]
#Open_Lesson XXI asr ko‘nikmalarini o‘rganamiz: Dilfuza Qutlimuratova bilan interfaol dars
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi katta o‘qituvchisi Dilfuza Qutlimuratova “Informatika” fani tinglovchilari uchun “O‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Darsda tinglovchilar kreativ fikrlash, muammolarni hal etish va interfaol metodlar orqali amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.




