Click to listen highlighted text!

Yil: 2025

Xush xabar!!! “Qo‘biz yasash va ijrochilik san’ati” YUNESKOning nomoddiy madaniy merosini zudlik bilan muhofaza qilish ro‘yxatiga kiritildi

Muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgan tashrifida berilgan topshiriqlari doirasida qoraqalpoq xalqining asrlar osha yetib kelgan noyob madaniy merosini asrash, uni yangi bosqichga olib chiqish hamda jahon miqyosida keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.   Ayniqsa, milliy musiqa madaniyatining ajralmas qismi hisoblangan qo‘biz yasash an’analari va jirovchilik san’atini zamonaviy va ilmiy-amaliy asoslarda rivojlantirish, yosh avlod ongiga […]

“O‘quvchi yutug‘ini aniq o‘lchash: Yangi baholash modeli amaliyotda”

Pedagogika markazining «Pedagogika, psixologiya va ta’lim yo‘nalishi texnologiyalari» kafedrasi katta o‘qituvchisi Q.Klishov va A.Masharipova tomonidan maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari kurs tinglovchilariga «Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi» mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tatbiq etilayotgan mezonlarga asoslangan baholash tizimini samarali joriy etish, o‘quvchilarning bilimini formativ va summativ baholash […]

Konstitutsiya – huquqlarimizni belgilaydigan muhim hujjat

Inson qadri hamma narsadan ustun turadigan mamlakatimizda Konstitutsiyamiz asosida davlat hujjatlari yuritilib, asosiy maqsad yurt farovonligini ta’minlab, fuqarolar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Pedagogika markazi direktori vazifasini bajaruvchi Baymurat Iztileuov, «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi mudiri Ravaj Bavatdinov, professor-o‘qituvchilar […]

Konstituciya – adolatli davlat, mustaqil sud va raqamli taraqqiyot asosi

Dunyodagi dastlabki konstituciyalardan biri hisoblangan AQSh Konstituciyasi 1787 yilda qabul qilingan bwlib, unga shu kungacha 27 marta wzgartish va qwshimchalar kiritilgan. Bu jarayon har qanday milliy konstituciya – jonli mexanizm ekanini, jamiyat taraqqiyoti bilan birga yangilanib borishini kwrsatadi. Shu manoda, Wzbekiston ham mustaqillikka erishgach, wzining Asosiy qonunini shakllantirdi va bugungi kunga qadar unga 14 marta […]

Sun’iy intellekt: kelajakda ishsizlik soni ortib boradi (mi?)

So‘nggi yillarda sun’iy intellekt texnologiyasi turli sohalarga jadal kirib bormoqda. Inson mehnatiga asoslangan jarayon avtomatlashtirilib, ayrim tarmoqlarda ish o‘rni qisqarayotgani haqidagi fikrlar jahon miqyosida jiddiy muhokamalar keltirib chiqarmoqda. “Kelajakda ishsizlik kuchayib boradimi?” degan savol bugun nafaqat iqtisodchilar, balki siyosatchilar, ijtimoiy soha mutaxassislari uchun ham dolzarb tus oldi. Hozirgi vaziyatni tahlil qilsak, sun’iy intellekt avvalo takroriy, […]

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi sizlarni «Digital pedagog» kompyuter kursiga taklif etadi!

 E’lon!  Hurmatli ustozlar!   Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi sizlarni «Digital pedagog» kompyuter kursiga taklif etadi! Bu kursda siz: Kompyuter va Windows; Word, Excel, PowerPoint; ChatGPT, Canva; Zoom, Google Meet; ️ Google Disk, e-mail. ➡️ Nazariya + amaliyot asosida bilim va ko‘nikmalar beriladi. ✔️ Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga sertifikat beriladi! 😅 Manzil: […]

OITS va OIV infeksiyasining profilaktikasi bo‘yicha ma’rifiy uchrashuv

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) va orttirilgan immunitet tanqisligi virusi (OIV) infeksiyasi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Zuhra Shaniyazova hamda biologiya kursi tinglovchilari ishtirokida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida OITS va OIV infeksiyasining tarqalish sabablari, xavf omillari, kasallikni yuqtirish mexanizmlari hamda […]

Muvaffaqiyat sari qadam: Asosiy fanlar olimpiadasining rasmiy yakunlari

#olimpiada #olimpiada 🏅 24-noyabrdan 3-dekabrga qadar o‘tkazilgan Asosiy fanlar olimpiadasining uchinchi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Mazkur bosqichda ishtirok etgan iqtidorli o‘quvchilar fanlar bo‘yicha puxta bilim, teran tafakkur va yuqori mas’uliyatni namoyon etishdi. 📌Olimpiada natijalari yoshlarimizning intellektual salohiyati hamda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi izchil oshib borayotganidan dalolat beradi. G‘olib va sovrindorlar – yurtimiz faxri, […]

VAZIR O‘RINBOSARLARI IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ O‘QUVCHILAR HOLATIDAN XABAR OLDI

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni Bugun, 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati tomonidan hududlarda nogironligi bo‘lgan bolalarga ko‘mak va e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan tashriflar amalga oshirildi. Vazirlik rahbariyati a’zolari tomonidan tumanlardagi maktablarda tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarning ahvoli va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Vazirning birinchi o‘rinbosari Aybek Dauletbaev […]

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida butun dunyoda nishonlanadi. Uning maqsadi – jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironlar huquqlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, nogironlarning muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etishdan iborat.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!