Click to listen highlighted text!

Oy: Iyun 2026

“Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi

2026-yil 18-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” mavzusida yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori G.Kojabaeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining katta yordamchisi E.Qayipova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchisi Jamshid Bekimbetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tezkor vakili Ruslan Kallibekov, tegishli soha […]

Pedagoglar uchun iyun oyi o‘quv darslari davom etmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 2026-yil iyun oyi tinglovchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari davom etmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilarga malaka oshirish kurslarining maqsad va vazifalari, o‘quv-metodik faoliyatni samarali tashkil etish masalalari hamda zamonaviy ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan motivatsion mashqlar va ularning amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Ayni paytda markazda 37 ta guruhda […]

TAJRIBA ALMASHISH DAVOM ETMOQDA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tinglovchilari Nukus shahridagi Prezident maktabi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurib, ilg‘or ta’lim tajribalari bilan yaqindan tanishdilar. Tinglovchilar mazkur ta’lim muassasalarida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, innovatsion ta’lim texnologiyalari, STEAM yo‘nalishidagi amaliy mashg‘ulotlar hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar. Shuningdek, ular maktablardagi zamonaviy laboratoriyalar va axborot-resurs […]

Qoraqalpogʻistonlik pedagoglarning ilgʻor tajribalari Respublika miqyosida ommalashtirildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tomonidan pedagoglarning ilgʻor tajribalarini ommalashtirish yoʻnalishida yuqori natijalarga erishildi. Joriy yilda boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida 16 ta, amaliy fanlar yoʻnalishida 4 ta, ijtimoiy fanlar yoʻnalishida 1 ta hamda kimyo fani yoʻnalishida 1 ta metodik ish Respublika miqyosida ommalashtirildi. Natijada jami 22 ta metodik ish Respublika miqyosida ommalashtirilib, taʼlim tizimida ilgʻor tajriba […]

Korrupsiyasiz jamiyat — farovon turmush poydevori

Pedagogik mahorat markazida “Korrupsiyaga qarshi kurash — yorqin kelajagimiz poydevori” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda markaz professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirok etdilar. Uchrashuvni Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent R. Bauetdinov ochib berdi va olib bordi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qarori ilovasining 42-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab […]

#o‘quv_seminar  Nukus tumanida kutubxonachilar uchun respublika o‘quv-seminari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–9-son qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 5-martdagi 89-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Nukus tumanida respublika miqyosidagi kutubxonachilar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Mazkur seminar Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari G. Ubbiniyazova hamda Axborot-resurs markazi bosh mutaxassisi […]

Pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan malaka oshirish kurslari davom etmoqda

A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida hududiy Pedagogik mahorat markazlari professor-o‘qituvchilari, bo‘lim boshliqlari hamda mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur kurslarda respublikaning barcha hududlaridagi Pedagogik mahorat markazlari vakillari ishtirok etib, o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirmoqda. Ular safida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari, bo‘lim boshliqlari va mutaxassislari ham faol qatnashmoqda. O‘quv […]

#Zakovat_intellektual_o‘yini Bilimlar bellashuvi — “Zakovat” intellektual o‘yini

Tinglovchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan tinglovchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berib, o‘z bilimlari, zukkoligi va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Qizg‘in bahs-munozaralar va sog‘lom raqobat muhitida o‘tgan o‘yin tinglovchilarning bilimlarini mustahkamlash, […]

#Metodik_zakovat ✨ “Metodik zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, kreativ fikrlashini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim metodlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan “Metodik zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. ✍️O‘yinda ingliz tili, musiqa madaniyati va texnologiya yo‘nalishlaridan jami 15 nafar tinglovchi (har bir yo‘nalishdan 5 nafardan) ishtirok etdi. Qizg‘in va murosasiz bahslar ruhida o‘tgan o‘yinda ishtirokchilarga pedagogik mahorat, […]

Vazir jamg‘armasi uchun saralashning 2-bosqichi: eng munosib pedagoglar suhbat jarayonida

Pedagogik mahorat markazida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ustama olish uchun nomzod pedagoglarni saralashning ikkinchi bosqich suhbatlari  davam etmoqda. Saralash jarayonlari ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilib, baholash ishlari maxsus elektron platforma orqali amalga oshirilmoqda. Mazkur tanlov ta’lim tizimida yuqori natijalarga erishayotgan, o‘z kasbiy mahoratini muntazam takomillashtirib borayotgan hamda ta’lim […]

Back To Top
Click to listen highlighted text!