Click to listen highlighted text!

#Demo_Dars Tarix darslarida fanlararo integratsiya

21.10.2025 13:21:46 1 Баспаға шығарыў

2025-yil 21-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri R. Bauetdinov tomonidan tarix fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Tarix fanini boshqa fanlar bilan integratsiya qilgan holda topshiriqlar ishlab chiqish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq darsning asosiy maqsadi – Tarix darslarida tinglovchilarda tarix fanini boshqa fanlar bilan integratsiya qilgan holda topshiriqlar ishlab chiqish bo‘yicha bilimlarini yanada chuqurlashtirish, tarix fanini boshqa fanlar bilan integratsiya qilgan holda topshiriqlar tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishdir.

Darsda fanlararo integratsiyaning mazmuni va ahamiyati, tarix fanini o‘qitishda fanlararo aloqadorlikda topshiriqlar ishlash usullari haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tinglovchilar 5 ta guruhga bo‘linib tarix-geografiya, tarix-adabiyot, tarix-matematika, tarix-biologiya, tarix-texnologiya fanlari integratsiyasi bo‘yicha amaliy topshiriqlar ishlab chiqish bo‘yicha guruh ishlarini bajardi va taqdimot qildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!