Click to listen highlighted text!

Taxiyatosh tumanida mobil malaka oshirish mashg‘uloti o‘tkazildi

21.10.2025 14:43:09 4 Баспаға шығарыў

Taxiyatosh tumani Keneges mahallasidagi “Bolashaq” va “Jangil Ona” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun mobil malaka oshirish mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot Pedagogik mahorat markazi kafedra o‘qituvchisi Eshimbetova Xatira tomonidan olib borildi. Mashg‘ulot davomida “Erta yoshdan bolalar tasviriy faoliyati” mavzusi doirasida Irina Lykova texnologiyasi bo‘yicha chuqur tushuncha berildi. Shuningdek, tasviriy faoliyatda qo‘llaniladigan turli usul va texnologiyalar yoritildi, jumladan: Sham bilan ishlash, Monotip va Klaksografiya usullari, Grataj va Shtrix usullari, Plastilinografiya va Sovun pufakchalari usullari, Nusxa ko‘chirish, G‘ijim qog‘oz va Nuqta qo‘yish usullari, Qattiq cho‘tka bilan ishlash, Sachratish, Urug‘ va donlar bilan ishlash, Chiqindilar, Xamir, Tabiiy materiallar va turli iplar bilan ishlash usullari. Mashg‘ulot pedagoglarga tasviriy faoliyatni boyitish va bolalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda samarali usullarni amaliy qo‘llash imkonini berdi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!