1989-yil 21-oktyabr kuni yurtimizda «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilinib, ushbu muhim sana har yili mamlakatimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, milliy g’urur va iftixor, o‘zlikni anglash ramzi sifatida keng nishonlanadi.
2025-yil 21-oktyabr kuni, O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan “O‘zbek tiliga hurmat” mavzusida bayram kechasi tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘zbek tilining Davlat tili sifatida shakllanishi va rivojlanish bosqichlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek tinglovchilar tomonidan tayyorlangan qo‘shiqlar, raqslar, viktorinalar va badiiy chiqishlardan iborat adabiy-badiiy kompozitsiya namoyish etildi.