Click to listen highlighted text!

#Open_Lesson Boshlang‘ich ta’lim tinglovchilari uchun interfaol metodlardan foydalanilgan amaliy ochiq dars o‘tkazildi

17.11.2025 17:39:57 24 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi dotsenti Perdaxon Saliyeva tomonidan boshlang‘ich ta’lim (qoraqalpoq tilida olib boriladigan) 3-guruh tinglovchilari uchun “O‘zlashtirishi qiyin o‘quvchilarni badiiy asarni tahlil qilishga o‘rgatishda interfaol usullardan foydalanish” mavzusida amaliy ochiq dars tashkil etildi.

Darsning maqsadi — tinglovchilarning o‘qish savodxonligi va ona tili darslarida XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bilimlarini boyitish hamda o‘quvchilarni badiiy asarni tahlil qilishga o‘rgatishda interfaol metodlardan samarali foydalanish mahoratini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Dars jarayonida «Sizga tilagim,» «Sen menga kulib qara,» minileksiya, fikr almashish, enerjayzer, shuningdek, ko‘rgazmali taqdimot va amaliy mashg‘ulotlarda interfaol metodlardan foydalanildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!