Click to listen highlighted text!

“Tarbiya fanini o‘qitishda affektiv ko‘nikmalarni rivojlantirish” mavzusida metodik seminar o‘tkazildi

18.11.2025 17:35:39 23 Баспаға шығарыў

“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasining katta o‘qituvchisi Nurjamal Tleumuratova tomonidan Tarbiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) kursi tinglovchilari uchun “Tarbiya fanini o‘qitishda affektiv ko‘nikmalarni rivojlantirish” mavzusida metodik seminar tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi — Tarbiya fanida affektiv ko‘nikmalarning mazmuni va ularning bosqichlarini yoritish, shuningdek, o‘quvchilarda empatiya, qadriyatlarni qabul qilish va munosabat bildirish kabi affektiv kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan samarali metodlarni tinglovchilarga o‘rgatishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilarga affektiv sohada qo‘llaniladigan interfaol usullar, amaliy mashg‘ulotlar orqali ko‘rsatib berildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!