Click to listen highlighted text!

Yangi baholash tizimining afzalliklari: metodik yordam va amaliy tavsiyalar

12.09.2025 10:13:43 14 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab 156 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilmoqda. Mazkur jarayonni samarali amalga oshirish hamda o‘qituvchilarga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Pedagogik mahorat markazi tomonidan fan metodistlari biriktirildi.

Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan “Mezonlarga asoslangan yangi baholashning afzalliklari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda umumta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilar ishtirok etib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi va zarur metodik tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbir davomida quyidagi masalalar keng muhokama qilindi:
yangi baholash tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklari;
o‘quvchilar bilimini xolisona baholash mexanizmlari;
baholash jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida samarali muloqotni ta’minlash usullari.

Seminar-trening yakunida ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berilib, mezonlarga asoslangan baholashni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish yuzasidan aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!