4-oktyabr kuni respublika bo‘ylab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari boshlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ushbu jarayonga 19 ta tayanch maktab, 30 nafar mentor ustoz va 734 nafar yetakchi o‘qituvchi jalb etildi.
Tadbirlarning asosiy maqsadi o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, kasbiy salohiyatni rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan.
Ushbu tadbirlar o‘qituvchilarning tajriba almashishi, kasbiy salohiyatini oshirishi va ta’lim jarayoniga yangi yondashuvlarni tatbiq etishga xizmat qiladi.