Click to listen highlighted text!

Oy: Oktabr 2025

TALIS2024 TALIS 2024 xalqaro tadqiqoti natijalari e’lon qilinishi boshlandi!

🌎TALIS 2024 tadqiqotida 55 ta ta’lim tizimlari ishtirok etdi. 💬Tadqiqotda asosan 5–9-sinflarga dars beruvchi o‘qituvchilar va maktab rahbarlari ishtirok etishi belgilangan. 🇺🇿O‘zbekiston ilk marotaba ushbu nufuzli xalqaro tadqiqotda qatnashdi va bunda mamlakatimiz bo‘ylab tanlab olingan 210 ta maktab direktorlari hamda 5–9-sinflarda dars beruvchi 4507 nafar o‘qituvchilar so‘rovnomalarda faol ishtirok etdilar. Tadqiqot natijalarini biz bilan kuzatib […]

#TALIS2024 Birozdan so‘ng TALIS 2024 xalqaro tadqiqotining dastlabki natijalari e’lon qilinadi

📅Bugun, 2025-yil 7-oktyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan TALIS 2024 xalqaro tadqiqotining dastlabki natijalari rasman e’lon qilinadi. 💬Ma’lumot uchun: TALIS (Teaching and Learning International Survey) – 2008-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan xalqaro so‘rovnoma bo‘lib, u o‘qituvchilar va maktab rahbarlarining ish sharoiti, ta’lim muhiti, pedagogik yondashuvlari hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ishonchli ma’lumot beradi.

«Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari davom etmoqda

4-oktyabr kuni respublika bo‘ylab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari boshlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ushbu jarayonga 19 ta tayanch maktab, 30 nafar mentor ustoz va 734 nafar yetakchi o‘qituvchi jalb etildi. Tadbirlarning asosiy maqsadi o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, kasbiy salohiyatni rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan. Ushbu tadbirlar o‘qituvchilarning tajriba almashishi, […]

Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlariga start berildi

2025-yil 4-oktyabr kuni mamlakatimiz bo‘ylab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlariga start berildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida mazkur jarayonga 19 ta tayanch maktab, 30 nafar mentor hamda 734 nafar yetakchi o‘qituvchi jalb qilindi. Tadbir doirasida quyidagi mavzularda ma’ruzalar va muhokamalar tashkil etildi: Shaxsiy va kasbiy rivojlanishning maqsad va natijalari; Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash […]

Nukusda «Markaziy Osiyo pedagoglari» xalqaro forumi davom etmoqda.

Bugun Nukus shahridagi «Oqqush» majmuasida «Markaziy Osiyo pedagoglari» xalqaro forumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova hamda soha vakillari ishtirok etib, mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, o‘qituvchilar mehnatini qadrlash va ta’lim sifatini […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!