Click to listen highlighted text!

Oy: Oktabr 2025

“O‘zbek tiliga hurmat” mavzusida bayram kechasi bo‘lib o‘tdi

1989-yil 21-oktyabr kuni yurtimizda «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilinib, ushbu muhim sana har yili mamlakatimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, milliy g’urur va iftixor, o‘zlikni anglash ramzi sifatida keng nishonlanadi. 2025-yil 21-oktyabr kuni, O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan “O‘zbek tiliga hurmat” mavzusida […]

Taxiyatosh tumanida mobil malaka oshirish mashg‘uloti o‘tkazildi

Taxiyatosh tumani Keneges mahallasidagi “Bolashaq” va “Jangil Ona” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun mobil malaka oshirish mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot Pedagogik mahorat markazi kafedra o‘qituvchisi Eshimbetova Xatira tomonidan olib borildi. Mashg‘ulot davomida “Erta yoshdan bolalar tasviriy faoliyati” mavzusi doirasida Irina Lykova texnologiyasi bo‘yicha chuqur tushuncha berildi. Shuningdek, tasviriy faoliyatda qo‘llaniladigan turli usul va texnologiyalar […]

#Demo_Dars Tarix darslarida fanlararo integratsiya

2025-yil 21-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri R. Bauetdinov tomonidan tarix fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Tarix fanini boshqa fanlar bilan integratsiya qilgan holda topshiriqlar ishlab chiqish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Ochiq darsning asosiy maqsadi – Tarix darslarida tinglovchilarda tarix fanini boshqa fanlar bilan integratsiya qilgan […]

Ochiq dars: “Bolalarning bilish jarayonini rivojlantirishda qurilish-konstruksiyalash va matematika markazining o‘rni”

2025-yil 21-oktyabr kuni Pedagogik mahorat markazining “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulzar Baytileuova tomonidan “Maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini uzluksiz o‘qitish kursi” doirasida “Bolalarning bilish jarayonini rivojlantirishda qurilish-konstruksiyalash va matematika markazining o‘rni” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq darsning asosiy maqsadi — maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonini samarali rivojlantirishda qurilish-konstruksiyalash va matematika markazining ta’lim […]

Ijtimoiy tarmoqlardagi yot g‘oyalarga qarshi seminar-trening

2025-yil 17-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida tarbiya kursi tinglovchilar uchun “Ijtimoiy tarmoqlardagi yot g‘oyalarga qarshi kurashish va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Trening davomida “Feyk yoki fakt?” va “Poster tayyorlash” kabi interaktiv topshiriqlar, shuningdek, psixologik mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarda tanqidiy fikrlash va axborot xurujlariga nisbatan ongli munosabat shakllantirildi. Tadbir yakunida pedagoglarning axborot makonidagi […]

Prezident maktabi tajribasi asosida mahorat darsi tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi «Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi va Nukus shahridagi Prezident maktabi hamkorligi doirasida «Prezident maktabi modelini umumta’lim maktabi tajribasiga tatbiq etish yo‘llari» mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qoraqalpoq tili va adabiyoti darslarini Kembrij tajribasi namunasida tashkil etishning samarali metodik usullari va amaliy tajribalari taqdim etildi. Seminar-treningning asosiy […]

Pedagogik mahorat markazida media tur tashkil etildi

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahorat markazining faoliyati, uzluksiz kasbiy rivojlanish kurslarining tashkil etilishi, professor-o‘qituvchilar tomonidan dars jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy innovatsion texnologiyalar, tinglovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan ommaviy axborot vositalari vakillarini tanishtirish maqsadida media tur tashkil etildi. Unda respublikamizda faoliyat yuritayotgan markaziy va mahalliy OAV vakillari ishtirok etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlariga start berildi

▶️4-oktyabr kuni respublika bo‘ylab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari boshlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ushbu jarayonga 19 ta tayanch maktab, 30 nafar mentor ustoz va 734 nafar yetakchi o‘qituvchi jalb etildi. Tadbirlarning asosiy maqsadi o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, kasbiy salohiyatni rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan. Ushbu tadbirlar o‘qituvchilarning tajriba almashishi, […]

Xorijiy hamkorlik doirasida qoraqalpog‘istonlik pedagoglar Ozarbayjonda tajriba oshirmoqda

2025 yil 12-19 oktyabr kunlari Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti Guba filialida «Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalari: xalqaro tajriba va ilg‘or ta’lim modellari» mavzusida xalqaro malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu malaka oshirish dasturida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining professor-o‘qituvchilari – Bayram Utemuratov, Gulmari Smaylova, Ixtiyor Utepov va Tumaris Aymuxammedovalar ishtirok etmoqda. Mazkur xalqaro o‘quv seminari […]

Pedagogik mahorat markazida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

#EDUTALK_WEEKLY Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish va metodik salohiyatini mustahkamlash maqsadida «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasining katta o‘qituvchisi Gulshexra Allaxova tomonidan «O‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish» mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi – ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llash, o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatida innovatsion fikrlashni rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishdan iborat bo‘ldi. […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!