📅Bugun, 2025-yil 7-oktyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan TALIS 2024 xalqaro tadqiqotining dastlabki natijalari rasman e’lon qilinadi. 💬Ma’lumot uchun: TALIS (Teaching and Learning International Survey) – 2008-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan xalqaro so‘rovnoma bo‘lib, u o‘qituvchilar va maktab rahbarlarining ish sharoiti, ta’lim muhiti, pedagogik yondashuvlari hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ishonchli ma’lumot beradi.
«Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari davom etmoqda
4-oktyabr kuni respublika bo‘ylab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari boshlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ushbu jarayonga 19 ta tayanch maktab, 30 nafar mentor ustoz va 734 nafar yetakchi o‘qituvchi jalb etildi. Tadbirlarning asosiy maqsadi o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, kasbiy salohiyatni rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan. Ushbu tadbirlar o‘qituvchilarning tajriba almashishi, […]
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlariga start berildi
2025-yil 4-oktyabr kuni mamlakatimiz bo‘ylab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlariga start berildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida mazkur jarayonga 19 ta tayanch maktab, 30 nafar mentor hamda 734 nafar yetakchi o‘qituvchi jalb qilindi. Tadbir doirasida quyidagi mavzularda ma’ruzalar va muhokamalar tashkil etildi: Shaxsiy va kasbiy rivojlanishning maqsad va natijalari; Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash […]
Nukusda «Markaziy Osiyo pedagoglari» xalqaro forumi davom etmoqda.
Bugun Nukus shahridagi «Oqqush» majmuasida «Markaziy Osiyo pedagoglari» xalqaro forumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova hamda soha vakillari ishtirok etib, mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, o‘qituvchilar mehnatini qadrlash va ta’lim sifatini […]
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Nukus shahridagi Pedagogik mahorat markazi va yotoqxonasining sharoitlari bo‘yicha murojaat tarqalgan. Tarqalgan murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida Pedagogik mahorat markazi yotoqxonasida xato-kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Bugungi kunda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, sanitariya va gigiyena talablariga to‘liq javob beradigan holatda (erkaklar va ayollar uchun […]
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining tomondan va Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpogʻiston filiali bilan Memorandumni tuzildi.
#Memorandum Memorandumnining asosiy maqsadi Pedagogik mahorat markaz hamda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpogʻiston filial” ilmiy xodimlari o‘rtasida tajriba almashish, institut va Pedagogik mahorat markaz o‘rtasida professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashuvini tashkil etish, o‘quv metodik materiallar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan bo‘lishishdan. Shunigdek, seminar, trening, davra suhbatlari, ochiq darslar va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, ilmiy-tadqiqot […]
Metodik mahorat kuni va Metodik mahorat soati
#Maktabgacha_taʼlim Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning malakasini oshirish va innovatsion tajribalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha navbatdagi o‘quv kursi boshlandi. 17 –19-sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 3 kunlik o‘quv seminar-trening o‘tkazilmoqda. Seminar yakunida pedagoglar: mashg‘ulotlarni zamonaviy innovatsion metodlar asosida tashkil qilish; STEAM texnologiyasi va interfaol o‘yinlarni darslarga tatbiq etish; NEL Framework dasturi asosida mashg‘ulotlar tuzish, […]
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2025–2026-o‘quv yili uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlariga start berildi.
Mazkur tadbirlar doirasida Pedagogik mahorat markazida 11 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha master-trenerlar tomonidan mentor-trenerlarni tayyorlashga qaratilgan trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. Treninglarda o‘quv natijalarini yaxshilashga xizmat qiluvchi samarali baholash va fikr-mulohaza berish madaniyati, loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyalari, shaxsiy va kasbiy rivojlanish maqsadlari hamda bola xavfsizligi bo‘yicha nazariy va amaliy mavzular yoritilmoqda. Tadbirlarning maqsadi – pedagoglarning kasbiy […]
Rossiyalik mutaxassis xizmat safari bilan Pedagogik mahorat markaziga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2020-yil 17-avgust kuni videoselektor yig‘ilishida «2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktablarida rus tili fani va umumta’lim fanlarini rus tilida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan – «ZOR» («KLASS») loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida har yili 200 dan ortiq rossiyalik mutaxassislar (o‘qituvchi va metodistlar) mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va Pedagogik mahorat markazlarida xizmat ko‘rsatmoqda. […]
«Sifatli ta’lim berishda metodlarning ahamiyati» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi
#EDUTALK_WEEKLY Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar uchun «Sifatli ta’lim berishda metodlarning ahamiyati» mavzusida navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodisti Toydiq Mambetova tomonidan tashkil etildi. Unda ishtirokchilar dars jarayonida turli metodlardan samarali foydalanish, yangi pedagogik yondashuvlarni qo‘llash hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha foydali bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Seminarning asosiy […]




