Click to listen highlighted text!

Yil: 2025

Ilimiy-amaliy anjuman

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI  “YUKSAK CHO‘QQILAR: TA’LIMDA IZLANUVCHANLIK VA IJODKORLIK”  MAVZUSIDA O‘TKAZILADIGAN RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY  ANJUMAN AXBOROT XATI         Nukus shahridagi Pedagogik mahorat markazi 2025-yil 16-may kuni “Yuksak cho‘qqilar: ta’limda izlanuvchanlik va ijodkorlik” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman tashkil etilishini ma’lum qilgan holda unda ishtirok etishga […]

Joylarda «Metodik mahorat kuni» tadbirlari boshlandi

Bugun 1-aprel kuni respublikamizdagi 25 ta tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotida «Metodik mahorat kuni» tadbirlari boshlandi. Bunda mentor trenerlar tomonidan MTTB yetakchilariga maktabgacha ta’lim darslarining sifati, bolalar bilan ishlash psixologiyasi o‘rgatilib, MTT tadbirlarini amalga oshirishda o‘quv darslarini samarali tashkil etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladi. Seminarda 25 nafar mentor, 446 nafar yetakchi pedagoglar ishtirok etmoqda. […]

Aprel oyi tinglovchilari ko‘tarinki ruhda kutib olindi!

Pedagogik mahorat markazida yangi tizim asosida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 iyundagi «Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 231-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20 dekabrdagi «Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish […]

Bugun 100 soatlik malaka oshirish kurs tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Bunda o‘qituvchilarning kurs davomida o‘rgangan bilim va ko‘nikmalari baholandi. Yakuniy attestatsiya test, loyiha ishi yoki mikrodars taqdimoti shaklida o‘tkazildi. Tinglovchilar o‘zlari tanlagan mavzularda mustaqil ishlash hamda pedagogik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Kurs jarayonida tinglovchilar hamkorlikda ishlash orqali yangi metodikalarni qo‘llash va innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtirganligini ko‘rsatishi belgilangan. Taqdimot tadbirlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi […]

«O‘qituvchining yaxshi fazilatlari» mavzusida seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 26-mart kuni S’celo Velenkosini Zulu tomonidan Pedagogik mahorat markazining biologiya fani bo‘yicha kasbiy rivojlanish kursi tinglovchilariga «O‘qituvchining yaxshi fazilatlari» mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarning maqsadi: o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini yangilash va rivojlantirishga yordam berishdan iborat. Seminarda o‘qituvchining kasbiy bilimi, muloqot qobiliyati, ijodkorligi, etika va odob-axloq me’yorlariga amal qilish kabi asosiy fazilatlari muhokama qilindi.  Ishtirokchilar o‘qituvchining […]

Kembridj o‘quv dasturining ahamiyati tushuntirildi

Bugun 26-mart kuni Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning ilg‘or tajribalarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tatbiq etish maqsadida Monsi Richard Mokete tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Boshlang‘ich ta’lim kasbiy rivojlanish kursi tinglovchilariga dars olib borildi. Dars davomida Kembridj o‘quv dasturining ahamiyati tushuntirildi. Ushbu o‘quv dasturining asosiy maqsadi o‘quvchilarning XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Dars davomida tinglovchilarga […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!