🌳Yurtimizda bahorning ilk kunlari obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan yanada fayzli ruhda davom etmoqda. Joriy yilning 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari ana shunday ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasidir. 🌿“El farovonligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. 🌱Hashar jarayonida markaz hududi […]
Til va tarix darslarini interfaol o‘yinlar orqali jonlantirish: samarali pedagogik yondashuvlar
Pedagogik mahorat markazida ta’lim sifatini oshirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga joriy etish maqsadida xalqaro mutaxassis Albert De La Peña ishtirokida malaka oshirish kurslari doirasida “Til va tarixni o‘rgatishda o‘yinni o‘zgartiruvchilar” mavzusida trening tashkil etildi. Mazkur malaka oshirish darsinda o‘qituvchilar turli mazmunli, o‘quvchilarga yo‘naltirilgan sinf o‘yinlari bilan tanishtirildi. Trening jarayonida ishtirokchilar nafaqat samarali pedagogik […]
📖 “O‘qish savodxonlari” tanlovi — 3-kun!
Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan ushbu tanlov yosh avlodning bilimini mustahkamlash, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ulusning ulug‘ kuni – «Amal» bayrami nishonlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan qardosh qozoq xalqining milliy bayramlaridan biri bo‘lgan «Amal» bayrami va Ko‘rish kuni munosabati bilan «KÓRISIW – TINISHLIQ HÁM RUWXIY JAŃALANÍWDÍŃ BASLANÍWÍ» nomli adabiy-kompozitsion bayram kechasi tashkil etildi. Tadbirda Pedagogik mahorat markazi direktori Gulistan Kojabaeva so‘zga chiqib, Amal bayrami – Navro‘zning jarchisi, yangilanish va uyg‘onish timsoli […]
🌳3-mart – Xalqaro Yovvoyi Tabiat Kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
Pedagogik mahorat markazida “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi docenti Z. Shaniyazova tomonidan 3-mart – Xalqaro Yovvoyi Tabiat Kuni munosabati bilan yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va atrof-muhitga mas’uliyatni oshirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni tabiatni asrashga rag‘batlantirish va ekologik ongini oshirishdan iborat. Tadbirda ishtirokchilarga atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat qonunlari va xalqaro […]
#TANLOV #2_KUN “O‘qish savodxonlari” tanlovi davom etmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “O‘qish savodxonlari” tanlovi jarayonlari davom etmoqda. Tanlov o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, o‘qish hamda matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ayni paytda tanlov bosqichlari Nukus shahri, Qanliko‘l hamda Shimboy tumanlaridagi maktablarda o‘tkazilmoqda. Jarayonlar Pedagogik mahorat markazi metodistlari tomonidan kuzatilib, metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Tanlov yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar […]
«Xalqaro baholash tizimi» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar uchun “Xalqaro baholash tizimi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Mazkur seminar ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning zamonaviy baholash tizimlari haqidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi. Seminarda trenerlar — Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlang‘ich ta’lim metodistlari Ametova Shaxribonu hamda Allashova Nursuluıw tomonidan o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish, matn bilan samarali ishlash, matnlardagi kalit so‘zlarni […]
Erta nikohning oldini olish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida yoshlar o‘rtasida erta nikohning oldini olishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningda Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etdi. Tadbirni Pedagogik mahorat markazi direktori Gulistan Kojabaeva kirish so‘zi bilan ochib berib, yoshlarning kelajagi, ularning ma’naviy va jismoniy barkamolligi, shuningdek, hayotga mas’uliyat bilan yondashishning muhimligi haqida so‘z yuritdi. Seminar davomida xalqaro trener […]
Ziyoli ayol – jamiyat tayanchi
2026-yil 7-mart kuni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan “Ziyoli ayol – jamiyat rivojlanishining tayanchi” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ella Suletbaeva mehmon sifatida ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi […]
Bayram tabrigi dars jarayonida yangradi
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktorining akademik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari A. Qaypnazarov o‘quv mashg‘ulotlari o‘tayotgan darslarga kirib, tinglovchi xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi. U o‘z so‘zida muallimlik kasbi jamiyatda eng ulug‘ va sharafli kasblardan biri ekanini alohida ta’kidlab, ta’lim-tarbiya jarayonida ayol pedagoglarning o‘rni va fidokorona mehnati yuksak qadrlanishini […]



