Click to listen highlighted text!

Oy: Mart 2026

“Davr qahramonlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Atoqli davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalovning 100 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi 103-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan qoraqalpoq xalqining atoqli farzandi, davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalov tavalludining 100 yilligi hamda davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 109 […]

“Ilmiy-metodik ishlar” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

  2026-yil 19-mart kuni «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikası» kafedrasi mudiri, dotsent R. Bauetdinov tomonidan “Tarix” uzluksiz malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Ilmiy-metodik ishlar” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Mazkur ochiq dars tarix fanini o‘qitishda ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va samarali olib borish masalalariga bag‘ishlandi. Dars jarayonida tinglovchilarga mavzuning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati hamda kundalik pedagogik faoliyatda qo‘llash […]

«O‘qish savodxonlari» tanlovi g‘oliblari noutbuk va planshet bilan taqdirlandi

⚡️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “O‘qish savodxonlari” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 📊Tanlov yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha g‘oliblar: 🥇-o‘rin — Nukus shahri 26-maktab o‘quvchisi Jollibekova Sarbinoz 🥈-o‘rin — Chimboy tumani 3-maktab o‘quvchisi Salmenova Aysanam 🥉-o‘rin — Nukus shahri 26-maktab o‘quvchisi Bekpolatova Madina 📌Shuningdek, respublika bo‘yicha har bir hududdan eng […]

#taqdirlash “O‘qish savodxonlari” tanlovi g‘oliblari noutbuk va planshet bilan taqdirlandi

Bugun A.Avloniy nomidagi institutda Respublika umumtaʼlim maktablarining 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘qish savodxonlari” tanlovining g‘oliblarini taqdirlash tadbiri o‘tkazildi. Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi institut tomonidan Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tanlovda Respublika bo‘yicha 164 ta maktabdan 18 ming nafarga yaqin 4-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra, […]

Nukus shahrida ‘Metodik mahorat kuni’ doirasida amaliy seminar-trening o‘tkazildi

2026-yil 17-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogika mahorat markazi metodistlari tomonidan Nukus shahridagi tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” doirasida navbatdagi amaliy seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari faol ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashish ham amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Seminar-trening davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish mexanizmlari, […]

Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan ‘Kelajak soati’ darslari

Mamlakatimizda tarixiy xotirani asrab-avaylash, qatag‘on qurbonlari xotirasini e’zozlash hamda yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoshida faoliyat yuritayotgan «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyida «Kelajak soati» darslari tashkil etildi. Darslar «Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan «Tarixiy muzeyga sayohat» […]

#PIRLS_2026 PIRLS 2026 xalqaro tadqiqoti doirasida seminar o‘tkazildi

 2026-yil 14-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida PIRLS 2026 xalqaro tadqiqoti doirasida seminar tashkil etildi. Seminarda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Pedagogik mahorat markazi direktori Gulistan Kojabaeva so‘zga chiqib, xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etishning ahamiyati, ayniqsa boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni muhim ekanini ta’kidladi. Seminar davomida A.Avloniy […]

Korrupsiyaga qarshi kurash – yorug‘ kelajagimiz poydevori

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida ta’lim sohasida korrupsiya holatlariga qarshi kurashish va ularning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan “Korrupsiyaga qarshi kurash – yorug‘ kelajagimiz poydevori” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Nukus shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i T. Utemuratov, O‘zbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi o‘rinbosari Sh. To‘reshova, markaz kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilar ishtirok […]

#PhD Pedagogik mahorat markazi o‘qituvchisi doktorlik dissertatsiya PhD ishini muvaffaqiyatli himoya qildi

Shu yil 12-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi” kafedrasi o‘qituvchisi Tumaris Aymuxammedova 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqalpoq tili) (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Ta’limning universal dizayni sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi (qoraqalpoq maktablari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!