Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan 2026–2027-o‘quv yilida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini yuqori saviyada, mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida 12 fan yo‘nalishi bo‘yicha mentor-o‘qituvchilikka nomzodlar bilan onlayn suhbatlar o‘tkazildi. Onlayn suhbatlar davomida nomzodlarning kasbiy kompetensiyasi, metodik tayyorgarligi, pedagogik mahorati, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari […]
PEDAGOGIK MAHORATNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN ONLAYN VEBINAR
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi metodistlari Z. Bagdiyarova va T. Mambetova tomonidan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun navbatdagi onlayn vebinar tashkil etildi. Vebinar davomida ta’lim sifatini oshirish, pedagogik mahoratni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim metodlaridan samarali foydalanish hamda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi. «Fanni o‘qitishda muhim savollar orqali anglashning 6 ta jihati» mavzusida o‘quvchilarning mavzuni […]
“Ustozlar milliy forumi – 2026” doirasida ustuvor vazifalar belgilanmoqda
Ta’lim sifatini oshirish, pedagogik mahoratni rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan mazkur forumda ta’lim tizimining ilg‘or vakillari, tajribali pedagoglar hamda soha mutaxassislari ishtirok etmoqda. 🔹 Forum doirasida: – zamonaviy ta’lim tendensiyalari; – ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish; – innovatsion ta’lim yondashuvlarini joriy etish; – pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish; -2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik; ta’lim sifati va samaradorligini oshirish […]
“Sifatli taʼlim – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi” davom etmoqda
“Sifatli taʼlim – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi” davom etmoqda. Forum doirasida malakali mutaxassislar tomonidan: 🔹Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida uzluksiz kasbga yo‘naltirish tizimini rivojlantirish: innovatsion yondashuvlar va amaliy yechimlar. 🔹Qo‘shimcha ta’lim tizimini rivojlantirishning yangi bosqichi: erishilgan natijalar va ustuvor vazifalar, 🔹Xorijiy mutaxassislar bilan ishlashni tashkil etish tartibi: mas’ullar […]
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari “Yil o‘qituvchisi” tanlovi hakamlar hay’ati tarkibida ishtirok etmoqda
“Yil o‘qituvchisi” tanlovining III bosqich sinovlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari — Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi mudiri B. Utemuratov, Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri G. Smaylova hamda “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi L. Orimbetova hakamlar hay’ati a’zolari sifatida faol ishtirok etmoqda. Professor-o‘qituvchilar tanlov jarayonlarining adolatli va […]
“Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinovlari bugun yakunlanadi
Pedagogik mahorat markazida yuksak bilim va kasbiy tajribaga ega pedagoglarning mahorat maydoniga aylangan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinovlari qizg‘in davom etmoqda. Unda respublikamizning 17 ta tuman (shahar)idan jami 34 nafar pedagog ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatini namoyish etmoqda. Mazkur bosqichda ishtirokchilar 100 ballik tizim asosida quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha baholanmoqda: Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat – […]
📚 «Yil o‘qituvchisi»: uchinchi bosqich sinovlari qizg‘in davom etmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Yil o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovining uchinchi bosqichi doirasidagi sinovlar davom etmoqda. Bugungi sinovlarda ishtirokchilar o‘zlarining pedagogik faoliyati, kasbiy yutuqlari, ilg‘or ish tajribasi hamda ta’lim jarayoniga joriy etayotgan innovatsion yondashuvlari yuzasidan taqdimotlar bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, ularning raqamli pedagogika yo‘nalishidagi faoliyati va kasbiy tajribani ommalashtirish borasidagi ishlari ham belgilangan mezonlar asosida baholandi. Hakamlar […]
📚Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Yil o‘qituvchisi» tanlovining uchinchi bosqichi boshlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi tantanali ravishda boshlandi. Ochilish marosimida ishtirokchilarga tanlov sinovlarini o‘tkazish tartibi, baholash mezonlari hamda nizom talablari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida qur’a tashlash jarayoni o‘tkazilib, pedagoglarning tanlov sinovlaridagi ishtirok ketma-ketligi belgilandi. Joriy yilning 28–30-iyul kunlari o‘tkaziladigan ushbu bosqichda respublikaning 208 […]
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, muhtaram Prezident!
#BizningPrezident Bugun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ta’lim tizimini takomillashtirish, yosh avlodga sifatli ta’lim berish va zamonaviy imkoniyatlar yaratish, sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimi, xususan, pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning mehnatini qadrlash, yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslari […]
Kengash yig‘ilishida yarim yillik hisobotlar tinglanib, ustuvor vazifalar belgilandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining navbatdagi Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengashni pedagogika markazi direktori G.Kojabaeva ochdi va olib bordi. Yig‘ilishda direktor o‘rinbosarlari, markaz kafedra va bo‘lim boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Yig‘ilishda o‘tgan olti oy davomida markaz kafedra va bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi. Yutuqlar bilan birga hamkorlik qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar […]




