#PIRLS_2026 #o‘quvchi_fikri PIRLS 2026 Xalqaro tadqiqotlari doirasida dunyo bolalari bilan bir qatorda testda ishtirok etganimdan nihoyatda mamnunman. Ushbu xalqaro baholash jarayoni menga o‘z bilim va ko‘nikmalarimni kengroq namoyon etish, shuningdek, tengdoshlarim bilan bir safda o‘z salohiyatimni sinab ko‘rish imkonini berdi. Bu tajriba menga yanada ko‘proq o‘qish, izlanish va bilim olishga bo‘lgan qiziqishimni oshirdi. Savollarni o‘zim […]
#PIRLS_2026 PIRLS 2026 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tmoqda
Mazkur jarayonlarda respublika bo‘yicha jami 369 nafar o‘quvchilar ishtirok etmoqda. Ular qoraqalpoq, o‘zbek hamda rus tillarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadilar. Ushbu xalqaro tadqiqot o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash, ta’lim sifatini yanada oshirish va xalqaro tajribalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
#ommalashtirish Metodik ishlarni ommalashtirish jarayonlari muhokama qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Baymurat Iztileuov rahbarligida texnik ekspertlar tarkibi a’zolari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida uslubchi D.Aytmuratova texnik ekspertlar tarkibi a’zolarini uslubiy ishlarni texnik ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha tayyorlangan ko‘rsatmalar bilan tanishtirdi. Xususan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026- yil 27- fevraldagi 84-sonli buyrug‘iga muvofiq, texnik ekspertlar […]
«Kosmosga sayohat»
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasida 12-aprel – insoniyat tarixidagi ulug‘ sana, Yuriy Gagarinning birinchi marta kosmosga parvoz etgan kuni munosabati bilan «Kosmosga sayohat» nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Tadbirni kafedra boshlig‘i Q.Turmanov ochib berdi va kosmosga birinchi qadam orqali inson imkoniyatlarining cheksizligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ishtirokchilar tarixiy ma’lumotlar asosida […]
Sinfdan tashqari to‘garak ishlarini samarali monitoring qilish va amalga oshirish
#xalqaro_hamkorlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tinglovchilari uchun xalqaro ekspert Albert De La Peña tomonidan «Sinfdan tashqari to‘garak ishlarini samarali monitoring qilish va amalga oshirish» mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi maktab rahbarlarini darsdan tashqari to‘garak ishlarini tashkil etish, monitoring qilish va boshqarishning zamonaviy va amaliy strategiyalari bilan […]
Matematika, Informatika va IT darslarida interfaol o‘yinlarning samaradorligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida matematika va informatika yo‘nalishi tinglovchilari uchun xalqaro ekspert Albert De La Peña tomonidan «Matematika, Informatika va IT fanlarini o‘qitishda darslaringiz darajasini oshiring: Interaktiv o‘yinlarning kuchi» mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur kasbiy rivojlanish darsi interfaol o‘yin strategiyalaridan foydalanish orqali dars jarayonini takomillashtirishga qaratildi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘quvchilarning faolligi, qiziqishi va […]
#Amir_Temur #690_yilligi Buyuk sarkardaning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlandi
9-aprel buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temurning tug‘ilgan kuni mamlakatimiz bo‘ylab keng tarzda nishonlanadi. «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi tomonidan buyuk sarkardaning 690 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan «Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Amir Temurning hayot yo‘li, mamlakat qurishdagi erishgan yutuqlari haqida so‘z yuritdi. ️ Amir Temur ️ Tarixchilarning […]
O‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi I. Dilmanov tomonidan professor-o‘qituvchilar uchun “O‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida yangi amaliy-o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda professor-o‘qituvchilar: Zamonaviy ta’lim yondashuvlari bilan tanishdi; O‘quvchilarda kreativ fikrlash, tanqidiy tafakkur va raqamli savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha eng so‘nggi metodlarni o‘rganishdi; Shu bilan birga, quyidagi metod va platformalardan […]
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari metodikasi” kafedrasi tomonidan 9-aprel — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan “O‘quvchi-yoshlarning huquqiy madaniyati — kelajagimiz tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari bilan boshlandi. Tadbirni markaz direktorining akademik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari A. Qaypnazarov ochib berdi hamda barcha ishtirokchilarni […]
#Xalqaro_hamkorlik #EURIE_2026_SUMMIT Qoraqalpog‘iston Pedagogik mahorat markazi direktori EURIE 2026 xalqaro ta’lim sammitida
🌐Joriy yilning 7–9-aprel kunlari Turkiya Respublikasining Istanbul shahridagi Lütfi Kırdar International Convention and Exhibition Center majmuasida xalqaro miqyosdagi yirik ta’lim sammiti — EURIE_2026 bo‘lib o‘tmoqda. ▶️Mazkur nufuzli anjumanda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Kojabaeva Gulistan Talasbaevna ishtirok etmoqda. ✨EURIE 2026 sammiti ta’lim sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda yangi hamkorlik […]




