Click to listen highlighted text!

Bo'lim: Songi yangiliklar

«Yilning eng ijodkor o‘qituvchisi» tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

Taxiatosh tumanidagi 7-maktab direktorining tashabbusi bilan maktab miqyosida «Yilning eng ijodkor o‘qituvchisi» tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovga maktabning yosh o‘qituvchilari qamrab olindi. Tanlovning maqsadi: yosh pedagoglarning dars o‘tish mahoratini oshirish va qiziqarli tashkil etish orqali o‘quvchilarning dars jarayonida faol ishtirokini ta’minlash, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, KRK va KRS tadbirlarida […]

Taxiatosh tumani 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida manzilli Metodik-tur o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi «Metodik xizmat ko‘rsatish» bo‘limi metodistlari maktab faoliyati bilan tanishib, o‘qituvchilarga darslarda kreativlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi metodlarni qo‘llagan holda mahorat darsini o‘tkazdi va o‘quvchilarni xalqaro an’analarga tayyorlash bo‘yicha o‘z metodik tavsiyalarini berdi.

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi

Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoga mashhur tarixiy shaxsdir. Uning tabarruk ijodi milliy merosimiz durdonalari bo‘lib qolmasdan, xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, shuningdek, jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o‘rin tutadi. «Boburnoma» – bu shunchaki yodgorliklar yoki tarixiy asar emas. Bu hayot maktabi, tajriba, saboq va […]

S’CELO VELENKOSINI ZULU TOMONIDAN SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI.

S’celo Velenkosini Zulu tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Fizika fani bo‘yicha kasbiy rivojlanish kursi tinglovchilariga «Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi» mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda tinglovchilar mamlakatimizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan «Mezonlarga yo‘naltirilgan baholash tizimi» haqida ma’lumotlar, baholash turlari, formativ va summativ baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogika markazi direktori o‘rinbosari A.Qaypnazarov so‘zga chiqib, ishtirokchilarni bayram munosabati bilan tabriklab, muhtaram Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan sohaga qaratilayotgan ulkan e’tiborni alohida ta’kidladi. Buyuk […]

Hurmatli Vatan himoyachilari! Qadrli vatandoshlar. Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan chin yurakdan tabriklaymiz.

 Yurtimizda Vatanni himoya qilishday buyuk xizmatga o’zini bag’ishlagan askarlarimiz cheksiz hurmat-izzatga loyiq ko’rilib, har yili 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni sifatida belgilanib kelinmoqda. Albatta, Vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch va vazifa hisoblanadi. Bu vazifani ado etishda yurtimiz himoyachilari hisoblangan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xalqimizning tinch va osoyishta turmushini ta’minlash […]

Navosini shamol yod etib, nazmini yurt bilgan shoir

Qoraqalpoq xalqining buyuk mumtoz va lirik shoiri Ajiniyoz Qosiboy o’g’li tavalludining 200 yilligi mamlakatimizda keng tarzda nishonlanib, shoir ijodiy faoliyatiga oid adabiy kecha va tadbirlar joylarda davom etmoqda. Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Ajiniyoz Qosiboy o’g’li tavalludining 200 yilligi munosabati bilan «Navosini shamol yod etib, nazmini yurt bilgan shoir» mavzusida adabiy – badiiy kecha tashkil […]

“Loyiha tushunchasi va loyiha ta’limining mazmun mohiyati” mavzusida binar dars tashkil etildi

Bugun 4-oktabr sanasida “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasining katta oqituvchisi G.Ayekeeva va M.Urazbaev tomonidan O’zbek (davlat) tili fani tinglovchilariga “Loyiha tushunchasi va loyiha ta’limining mazmun mohiyati” mavzusida binar dars tashkil etildi.                         Darsda loyiha texnologiyasi bo’yicha tinglovchilar 10-sinf O’zbek tili darsligida berilgan “Davr qahromanlari” mavzusida loyiha tayyorladilar. So’ngra guruhlarga bo’lingan tinglovchilar, o’zlari tayyorlagan loyiha ishlarini taqdimot […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!