«Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi mudiri R.Bavatdinov va Ellikqal’a tumanidagi 73-maktabning tarix fani o‘qituvchisi R.Durdibayevlar tomonidan uzluksiz kasbiy rivojlanish «Tarix» guruhida «Tarix darslarida interaktiv taqdimotlar tayyorlash» mavzusida binar dars o‘tkazildi.Darsda tarix fanida o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirish, ularni to‘liq dars jarayoniga qamrab olish va mavzu mazmunini o‘zlashtirishini yanada yaxshilash maqsadida interaktiv taqdimotlar tayyorlash muhimligiga keng to‘xtalib o‘tildi.Tarix […]
Qadriyatlaring abadiy bo‘lsin, Navro‘z! Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Qadriyatlaring abadiy bo‘lsin, Navro‘z!» shiori ostida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiridan fotoreportaj.
Qadriyatlaring abadiy bo‘lsin, Navro‘z! Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Qadriyatlaring abadiy bo‘lsin, Navro‘z!» shiori ostida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiridan fotoreportaj.
Qadriyatlaring abadiy bo‘lsin, Navro‘z!
Uch ming yildan ziyod o‘z tarixiga ega Navro‘z bayrami xalqimizning eng ulug‘ bayramlaridan biri bo‘lib, bu kunni azaldan ajdodlarimiz yangi yilning boshi sifatida ko‘tarinki kayfiyatda kutib olganlar. Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Qadriyatlaring abadiy bo‘lsin, Navro‘z!» shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Venera Bekmuratova ishtirokchilarni yil boshi […]
13-mart – qozoq xalqining «Ko‘rishish-amal bayrami» kuni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 13-mart – qozoq xalqining «Ko‘rishish-amal bayrami» kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda ko‘p millatli Qoraqalpog‘iston hududida hozirgi vaqtda 300 mingga yaqin qozoqlar bo‘lib, ular shu o‘lkada yashovchi boshqa xalqlar bilan bir otaning farzandlaridek tinch-totuv hayot kechirayotganligi aytib o‘tildi. Shu kuni […]
SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning ilg‘or tajribalarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tatbiq etish maqsadida S’celo Velenkosini Zulu tomonidan Pedagogik mahorat markazining Kimyo fani bo‘yicha kasbiy rivojlanish kursi tinglovchilari uchun seminar-trening tashkil etildi. Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad: kimyo o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini rivojlantirish, zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish, ta’lim sifatini oshirish va yangi metodik vositalarni amaliyotga joriy etishdan iborat. […]
«ZAMONAVIY O‘QITUVCHI» MAVZUSIDA INTELLEKTUAL TANLOV O‘TKAZILDI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi, «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasida aniq fanlar yo‘nalishi tinglovchilari o‘rtasida «Zamonaviy o‘qituvchi» mavzusida intellektual tanlov o‘tkazildi. Tanlov shartlari bo‘yicha ishtirokchilarga viktorinalar, pedagogik keyslar, shuningdek, innovatsion texnologiyalardan qanday foydalanish ko‘nikmalarini aniqlashtiruvchi intellektual topshiriqlar berildi. Berilgan topshiriqlar orqali ishtirokchilarning kasbiy va pedagogik mahoratlari, shuningdek, kurs davomida olgan bilimlarini qay darajada amaliyotda […]
Dúnya jarasıǵı-gúltajı hayal
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan bayram kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Pedagogika markazi direktori Venera Bekmuratova so‘zga chiqib, Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda xotin-qizlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab, yig‘ilganlarni samimiy qutlab, ezgu tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng markazda xotin-qizlar tomonidan qo‘lga kiritilgan […]
Ayollar baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi.
8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni Bugun, 7 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Ayollar baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi» mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda barcha tinglovchilar faol ishtirok etib, bir-biriga ezgu tilaklar bildirdi. Tadbir davomida bayram tilaklari aytilib, jonli qo‘shiqlar ijro etildi va qiziqarli viktorina o‘yinlari tashkil etildi. […]
Maktab o‘qituvchilarining darslari tahlil qilindi va metodik yordamlar ko‘rsatildi
Xo‘jayli tumani 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida metodik tur o‘tkazildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi «Metodik xizmat ko‘rsatish» bo‘limi metodistlari tomonidan maktab o‘qituvchilarining darslari tahlil qilindi va metodik yordamlar ko‘rsatildi. Shuningdek, kreativ fikrlashni rivojlantiruvchi metodlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
Olis qishloqlarda ham mobil ta’lim tashkil etiladigan bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markaziga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mobil malaka oshirish xizmatlari negizida tashkil etilgan avtobus olib kelindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi tegishli farmoniga muvofiq, joriy yilning 1 martidan boshlab tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlarini joriy etish […]



