Click to listen highlighted text!

Bo'lim: Songi yangiliklar

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida butun dunyoda nishonlanadi. Uning maqsadi – jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironlar huquqlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, nogironlarning muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etishdan iborat.

Qoraqalpog‘istonlik maktab direktorlari – endi Malayziyada! ✈️

#xalqaro_hamkorlik 2025-yil menejerlik kurslarida eng yuqori natijalarga erishgan maktab rahbarlarimiz xalqaro maydonga chiqdi. Amudaryo tumani 40-maktab direktori — Xo‘jamuratova Sanobar Ismailovna Xo‘jayli tumani 23-maktab direktori — Kazakbayeva Klara Kuralbayevna Ular Kuala-Lumpur shahridagi nufuzli Saravak Universitetida malaka oshirish uchun yo‘lga chiqdi. Bu safar — nafaqat o‘qish, balki yangi tajribalar, yangi g‘oyalar va global ta’lim standartlariga yaqin […]

«Zamonaviy rahbar» tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida o‘tkazilgan «Zamonaviy rahbar» tanlovi o‘z yakuniga yetdi. Unda maktab direktor o‘rinbosarlari zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalari, jamoa bilan ishlash mahorati hamda muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatini namoyish etdilar. Tanlovda o‘zining innovatsion yondashuvi va faol ishtiroki bilan ajralib turgan pedagoglar «Hurmat yorlig‘i» bilan taqdirlandi. Ta’limning taraqqiyoti — zamonaviy rahbarlarning qo‘lida!

«Kreativ pedagog» tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida pedagogik mahorat va ijodkorlikni sinovdan o‘tkazuvchi – «Kreativ pedagog» tanlovi yakunlandi! Ushbu tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining yangicha fikrlash qobiliyati, dars jarayoniga kreativ yondashuv va pedagogik tajribasini namoyish etdi. Tanlov uch bosqichda tashkil etilib, har bir bosqichda ishtirokchilarning metodik salohiyati, interfaol usullardan foydalanish ko‘nikmalari va o‘quvchilar bilan ishlashdagi samaradorligi sinovdan o‘tkazildi.

Ustozlikning buyuk yo‘li: Professor Marat Allanazarovich Utepbergenov – 60 yoshda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Qoraqalpog‘istonga xizmat ko‘rsatgan «Yoshlar ustozi,» psixologiya fanlari doktori, professor Marat Allanazarovich Utepbergenovning 60 yoshga to‘lishiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i Tatlimurat Atamuratov, Nukus shahar hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Zulfiya Dauletnazarova, oliy o‘quv […]

Pedagogik mahorat markazida Hosil bayrami

2025-yil 13-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi tashabbusi bilan yurtimizda har yili nishonlanib kelinayotgan «Hosil bayrami» tadbiri o‘tkazildi. Bu bayram yurtimizning hosildor dalalari, mirishkor dehqonlarimizning fidokorona mehnati va ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan dehqonchilik an’analarini qadrlashga xizmat qilib, jamiyatimizda mehnat va baraka timsoli sifatida keng nishonlanadi. Tadbir davomida […]

BERUNIY TUMANIDA O‘QITUVCHILAR UCHUN AMALIY METODIK SEMINAR O‘TKAZILDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 28-oktyabrdagi 35-sonli hamda Beruniy tumani hokimligining 2025-yil 25-oktyabrdagi 2-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Beruniy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli, ta’lim sifati past va murakkab muhitdagi maktab o‘qituvchilari uchun amaliy metodik seminar tashkil etildi. Seminar Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlaridan iborat mobil metodik guruh tomonidan […]

Tajriba almashinuvi davom etmoqda

 2025-yil 12-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tinglovchilari Nukus shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurib, ilg‘or tajribalarni o‘rganishdi. Ushbu tashrif Pedagogik mahorat markazi hamda Prezident maktabi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etildi. «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi o‘qituvchilari G.Allaxova va G.Ubbiniyazova boshchiligida «Tarix» fani tinglovchilari xalqaro va mahalliy o‘qituvchilarning darslarini kuzatib, zamonaviy ta’lim metodlari bilan tanishdilar. Shuningdek, […]

“Hosil bayrami” tadbiri tashkil etildi

2025-yil 13-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi dotsenti Zuhra Shaniyazova rahbarligida “Biologiya” kursi tinglovchilari bilan hamkorlikda “Hosil bayrami” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tinglovchilar tomonidan turli meva-sabzavotlardan namunalar, biologik jarayonlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmali materiallar va ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Bayram jarayonida o‘quvchilarning tabiatni asrash, mehnatsevarlik va ekologik madaniyatni rivojlantirishga […]

“Sun’iy intellekt ta’limda samarali dars uchun aqlli yechimlar” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

#EDUTALK_WEEKLY Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish va zamonaviy ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish maqsadida “Sun’iy intellekt ta’limda samarali dars uchun aqlli yechimlar” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarni “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Dilfuza Qutlimuratova olib bordi. Tadbir davomida ishtirokchilarga sun’iy intellektning ta’lim sohasidagi qo‘llanilishi, dars samaradorligini oshirishga […]

Back To Top
Click to listen highlighted text!