Click to listen highlighted text!

Yil: 2025

Maktab o‘quvchilari kognitiv rivojlanishining psixologik xususiyatlari

2025-yil 13-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Alijan Arziyev tomonidan uzluksiz kasbiy rivojlanish “Biologiya” kursida “Maktab o‘quvchilari kognitiv rivojlanishining psixologik xususiyatlari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq dars davomida kognitiv rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari — ijro funksiyalari, abstrakt va tanqidiy fikrlash, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish kabi masalalar atroflicha yoritildi. […]

“Hosil bayrami” tadbiri tashkil etildi

2025-yil 13-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi dotsenti Zuhra Shaniyazova rahbarligida “Biologiya” kursi tinglovchilari bilan hamkorlikda “Hosil bayrami” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tinglovchilar tomonidan turli meva-sabzavotlardan namunalar, biologik jarayonlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmali materiallar va ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Bayram jarayonida o‘quvchilarning tabiatni asrash, mehnatsevarlik va ekologik madaniyatni rivojlantirishga […]

«Zúráát bayramı» ilajı shólkemlestirildi

2025-jıl 13-noyabr kúni Qaraqalpaqstan Respublikası Pedagogikalıq sheberlik orayınıń «Anıq hám tábiyıy pánler metodikası» kafedrası docenti Zuhra Shaniyazova basshılıǵında «Biologiya» kursı tıńlawshıları menen birgelikte «Zúráát bayramı» ilajı shólkemlestirildi. Ilajda tıńlawshılar tárepinen hár qıylı miywe-ovoshlardan úlgiler, biologiyalıq processlerdi sáwlelendiriwshi kórgizbeli materiallar hám dóretiwshilik shıǵıwlar kórsetildi. Bayram procesinde oqıwshılardıń tábiyattı saqlaw, miynet súygish hám ekologiyalıq mádeniyattı rawajlandırıwǵa qaratılǵan […]

“Metodik zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

2025-yil 13-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan “Metodik zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Ushbu tadbirning maqsadi — tinglovchilarning faolligini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, kasbiy salohiyatini namoyon etish va o‘zaro tajriba almashish uchun samarali muhit yaratishdan iborat bo‘ldi. O‘yinda boshlang‘ich ta’lim, tarbiya, rus va ingliz tili yo‘nalishlari tinglovchilari ishtirok […]

XUSH XABAR! Klishov Qodirboy Uzoqboyevich «Ta’lim fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

“Ta’lim fidoyisi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan ilmiy va publitsistik maqolalar yo‘nalishidagi tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi o‘qituvchisi Klishov Kadirbay Uzaqbaevich g‘olib deb topildi. U ta’lim sohasidagi fidokorona mehnati, ilmiy izlanishlari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyati uchun “Ta’lim fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi jamoasi K. Klishevni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaydi […]

#Open_Lesson XXI asr ko‘nikmalarini o‘rganamiz: Dilfuza Qutlimuratova bilan interfaol dars

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi katta o‘qituvchisi Dilfuza Qutlimuratova “Informatika” fani tinglovchilari uchun “O‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Darsda tinglovchilar kreativ fikrlash, muammolarni hal etish va interfaol metodlar orqali amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.

Ingliz tili o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbiri o‘tkazildi

7-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tayanch maktablarda ingliz tili fani yo‘nalishida navbatdagi “Kasbiy rivojlanish kuni (KRK)” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida mentor o‘qituvchilar tomonidan “Dars boshida o‘quvchilarni jalb qilish va darsni boshlash hamda yakunlashning samarali usullari” mavzusi yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning e’tiborini jalb qilish, motivatsiyasini oshirish va ularning darsdagi faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan pedagogik […]

Markazda Asqar Naǵmetullaev — kasaba uyushmasi yangi raisi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida kasaba uyushmasi xodimlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi raisi M. Dawılbaev, markaz rahbarlari  va barcha xodimlar ishtirok etdi. Ochiq ovoz berish yo‘li orqali Asqar Naǵmetullaev markaz kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib saylandi. Yig‘ilishda kasaba uyushmalari mehnatga oid huquqlarni himoya qilishda faol […]

#Open_Lesson “XXI asr ko‘nikmalari” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi

“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi G.Allaxova tomonidan ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida “Tarix” fani tinglovchilari uchun “XXI asr ko‘nikmalari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Dars ta’limda keng qo‘llanilayotgan 4K moduli — tanqidiy fikrlash (Critical thinking), ijodkorlik (Creativity), muloqot (Communication) va hamkorlik (Collaboration) tamoyillari asosida o‘tkazildi. Dars jarayonida tinglovchilar XXI asr pedagoglardan  talab etiladigan asosiy ko‘nikmalar […]

Pedagogik mahorat markazida 100 soatlik malaka oshirish kurslari boshlandi

2025-yil oktyabr oyidan boshlab Pedagogik mahorat markazi tomonidan o‘qituvchi va pedagog xodimlar uchun 100 soatlik malaka oshirish kurslari boshlandi. Mazkur kurslar 21 ta yo‘nalish bo‘yicha 36 ta o‘quv guruhida tashkil etilib, ularda jami 965 nafar o‘qituvchi-pedagoglar ishtirok etmoqda. Kurslar ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish hamda ularni amaliyotga joriy etish, shuningdek, zamonaviy […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!