Click to listen highlighted text!

Yil: 2025

Pedagogik mahorat markazida tinglovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun Pedagogik mahorat markazining Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i Miiros Uteniyazov tinglovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbirda uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar asosida samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. M.Uteniyazov zamonaviy ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik yondashuvlar, raqamli texnologiyalardan foydalanish, innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llash va o‘quv kurslari sifatini oshirish zarurligini […]

Qoraqalpog‘iston Respublikasida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha seminar-trening boshlandi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida uch kunlik seminar-trening o‘z ishini boshladi. Tadbirning asosiy maqsadi — Qoraqalpog‘iston Respublikasida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, tizimda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etishdan iborat. Seminar-treningni markaz direktori vaqtincha vazifasini bajaruvchi Iztileuov Baymurat Doírovich ochib berdi. […]

Pedagogik mahorat markazida Ozarbayjon tajribasi asosida seminar tashkil etildi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida markaz professor-o‘qituvchilari tomonidan Ozarbayjon tajribasi asosida seminar tashkil etildi. Seminarda Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti Guba filialida o‘tkazilgan “Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalari: xalqaro tajriba va ilg‘or ta’lim modellari” mavzusidagi malaka oshirish kursida egallangan bilim va tajribalar muhokama qilindi. Tadbir davomida xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini […]

Kutubxona mutaxassislarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan mahorat darsi o‘tkazildi

Pedagogik mahorat markazining “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Metodistlar, bibliograflar, katalogizatorlar maktabi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — kutubxona xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ularning zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda metodik faoliyatda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishdan iboratdir. Amaliy mashg‘ulotlar Genjegul Ubbiniyazova (Pedagogik mahorat markazi), shuningdek […]

#EDUTALK_WEEKLY Pedagogik mahorat markazida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish hamda metodik salohiyatini mustahkamlash maqsadida navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi. Seminar “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi dotsenti G. Yusupova tomonidan “O‘quvchilarni PIRLSga tayyorlashda ularning yozma fikrlarini shakllantiruvchi metodlar” mavzusida o‘tkazildi. Tadbir davomida PIRLS xalqaro baholash dasturining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Seminar ishtirokchilariga «FSMU,» […]

“O‘zbek tiliga hurmat” mavzusida bayram kechasi bo‘lib o‘tdi

1989-yil 21-oktyabr kuni yurtimizda «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilinib, ushbu muhim sana har yili mamlakatimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, milliy g’urur va iftixor, o‘zlikni anglash ramzi sifatida keng nishonlanadi. 2025-yil 21-oktyabr kuni, O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan “O‘zbek tiliga hurmat” mavzusida […]

Taxiyatosh tumanida mobil malaka oshirish mashg‘uloti o‘tkazildi

Taxiyatosh tumani Keneges mahallasidagi “Bolashaq” va “Jangil Ona” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun mobil malaka oshirish mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot Pedagogik mahorat markazi kafedra o‘qituvchisi Eshimbetova Xatira tomonidan olib borildi. Mashg‘ulot davomida “Erta yoshdan bolalar tasviriy faoliyati” mavzusi doirasida Irina Lykova texnologiyasi bo‘yicha chuqur tushuncha berildi. Shuningdek, tasviriy faoliyatda qo‘llaniladigan turli usul va texnologiyalar […]

#Demo_Dars Tarix darslarida fanlararo integratsiya

2025-yil 21-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri R. Bauetdinov tomonidan tarix fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Tarix fanini boshqa fanlar bilan integratsiya qilgan holda topshiriqlar ishlab chiqish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Ochiq darsning asosiy maqsadi – Tarix darslarida tinglovchilarda tarix fanini boshqa fanlar bilan integratsiya qilgan […]

Ochiq dars: “Bolalarning bilish jarayonini rivojlantirishda qurilish-konstruksiyalash va matematika markazining o‘rni”

2025-yil 21-oktyabr kuni Pedagogik mahorat markazining “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulzar Baytileuova tomonidan “Maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini uzluksiz o‘qitish kursi” doirasida “Bolalarning bilish jarayonini rivojlantirishda qurilish-konstruksiyalash va matematika markazining o‘rni” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq darsning asosiy maqsadi — maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonini samarali rivojlantirishda qurilish-konstruksiyalash va matematika markazining ta’lim […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!