Click to listen highlighted text!

Muallif: admin_kkrpm

Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat! Xabaringiz bor, yaqinda Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.

Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan. Aniq fanlar maktabida hisob (calculus), dasturlash, fizika, chiziqli algebra, diskrit matematika, maʼlumotlar tuzilmalari va algoritmlar, sunʼiy intellekt va robototexnika, ingliz tili fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab […]

So‘nmas yulduzlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Qahramonlari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri I.Yusupov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi T.Qayipbergenov tavalludining 96 yilligi munosabati bilan «So‘nmas yulduzlar» nomli adabiy-kompozitsion kecha bo‘lib o‘tdi. I.Yusupov bilan T.Qayipberganov qoraqalpoq poeziyasi va prozasidagi eng ko‘zga ko‘ringan shaxslardan bo‘lib, o‘z davrining adabiyotining bayteragi bo‘ldi. Ularning asarlari faqat qoraqalpoq xalqiga ma’lum bo‘lib […]

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 mayda “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi farmoni imzolandi. Farmon bilan “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi. Ushbu agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, […]

Barcha maktab, bogʻcha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. (https://t.me/Press_Secretary_Uz/5709) Unda yuqumli kasalliklarning 35-40 foizi oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelayotgani koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan barcha maktab, bogʻcha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi. Unga koʻra: — […]

Mardlik hech qachon unutilmaydi

9-may – Xotira va qadrlash kuni 2025-yil 7-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi «Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi, «Rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari» kasbiy rivojlanish (malaka oshirish) kursi tinglovchilarining tashkilotchiligida «9-may-Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan «Mardlik hech qachon unutilmaydi» nomli tonggi tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Vatan ozodligi, hozirgidek tinch va totuv kunlar […]

Bugun O‘zbekiston Qahramoni To‘lepbergen Qayipbergenov tug‘ilgan kun

1929-yil 7-may sanasida Kegeyli tumanining Sho‘rtanboy qishlog‘ida (hozirgi Nukus tumani hududida) dunyoga kelgan. Uning birinchi qissasi «Sekretar» degan nom bilan bosilib chiqadi. Eng dastlabki hikoya va ocherklari «Bloknot so‘zlaydi» nomli to‘plamida chop etildi. Hozirgacha «Muallimga rahmat,» «Sovuq tomchi,» «Uyqusiz tunlar» qissalari, «Qoraqalpoq qizi,» «Qoraqalpoq dostoni,» «Ko‘zning qorachig‘i,» «Qoraqalpoqnoma» asarlari, shuningdek mustaqillik davriga oid «Narigi dunyodagi […]

Qoraqalpoq adabiyotining qo‘sh bayteragi 96 yoshda

#Ibrayım_Yusupov_96_jasta #Tólepbergen_Qayıpbergenov_96_jasta 6-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi, Maktab kutubxonachisi va xodimlari kasbiy rivojlanish (malaka oshirish) kursining tashkilotchiligida O‘zbekiston Qahramonlari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov va O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenovlarning tug‘ilgan kuni munosabati bilan «Qoraqalpoq adabiyotining qo‘sh bayteragi 96 yoshda» nomli tonggi tadbir bo‘lib o‘tdi. […]

Bugun — O‘zbekiston Qahramoni Ibrayım Yusupov tavallud topgan kun!

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov 1929 yil 5 mayda Chimboy tumanida tug‘ilgan. Shoirning «Baxıt lirikası», «Kúnshıǵıs jolawshısına», «Úyler», «Jeti asırım», «Dala ármanları», «Kewil kewilden suw isher», «Tumaris hám basqa poemaları», «Yosh», «Alasatlı dúnya bul», «Duzlı samallar», «Kewildegi keń dúnya», «Begligińdi buzba sen…», «Hár kimniń óz zamanı bar» nomli she’riy kitoblari va […]

Qoraqalpog’iston Respublikasida O‘quv-metodik kengash faoliyati: adolatli baholash va ilmiy yondashuv jarayoni

Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida O‘quv-metodik kengash o‘z faoliyatini samarali tarzda davom ettirmoqda. Joriy jarayonda Ommalashtirish.uz platformasi orqali o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan ishlar Makttabgacha va maktab ta’limi vazirligining 89-sonli buyrug’ida belgilangan baholash mezonlari asosida puxta va xolis tahlil etilmoqda. Ko‘rib chiqilayotgan materiallar har tomonlama o‘rganilmoqda:  Ilmiylik — tahlilning asosi,  Aniqlik — qaror qabul qilishdagi asosiy […]

IXTISOSLASHGAN SINF VA MAKTABLARGA IQTIDORLI O‘QUVCHILARNI TANLASH VA ULAR BILAN ISHLASH METODIKASI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazida «Ixtisoslashtirilgan sinf va maktablarga iqtidorli o‘quvchilarni tanlash va ular bilan ishlash metodikasi» mavzusida trening o‘tkazildi. Trening pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilarining kasbiy mahorati va kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Trening Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari metodikasi» kafedrasining katta o‘qituvchisi Aygul Berdimuratova tomonidan olib borildi. Ushbu seminarning asosiy maqsadi – o‘qituvchilarni ixtisoslashtirilgan […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!