Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoga mashhur tarixiy shaxsdir. Uning tabarruk ijodi milliy merosimiz durdonalari bo‘lib qolmasdan, xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, shuningdek, jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o‘rin tutadi. «Boburnoma» – bu shunchaki yodgorliklar yoki tarixiy asar emas. Bu hayot maktabi, tajriba, saboq va […]
S’CELO VELENKOSINI ZULU TOMONIDAN SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI.
S’celo Velenkosini Zulu tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Fizika fani bo‘yicha kasbiy rivojlanish kursi tinglovchilariga «Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi» mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda tinglovchilar mamlakatimizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan «Mezonlarga yo‘naltirilgan baholash tizimi» haqida ma’lumotlar, baholash turlari, formativ va summativ baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun «KRK» va «KRS» tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha master trenerlarni tayyorlash o‘quv kursi davom etmoqda.
️Bugun Pedagogik mahorat markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga «Kasbiy rivojlanish kuni – KRS» va «Kasbiy rivojlanish soati – KRS» tadbirlarini kaskad usulida tashkil etish bo‘yicha master trenerlarni tayyorlash qisqa muddatli o‘quv kursi davom etmoqda. ️Seminarga ZOOM platformasi orqali Pedagogik mahorat markazida, Beruniy tumani 1-maktabda, Qo‘ng‘irot tumani 35-sonli maktabda tashkil etilgan studiyalarda boshlang‘ich […]
Tayanch maktablarda «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbiri bo‘lib o‘tdi
12-fevral kuni mentor o‘qituvchilar tomonidan har bir tuman va shahar hududidagi tayanch maktablarda tabiiy fan yo‘nalishi bo‘yicha «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasida Tabiiy fanlar bo‘yicha 17 tayanch maktabda 29 mentor o‘qituvchi 724 yetakchi o‘qituvchiga KRKda seminar o‘tkazildi.
BOSHLANG‘ICH SINF YO‘NALISHI BO‘YICHA MENTOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN ONLAYN O‘QUV KURSI O‘TKAZILMOQDA
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025 yil 31 yanvardagi 34-sonli buyrug‘iga asosan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun «Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlarini tashkil etish belgilangan. Boshlang‘ich sinf yo‘nalishidagi kasbiy rivojlanish tadbirlarining sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12-14-fevral kunlari oralig‘ida mentor-o‘qituvchilar uchun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti […]
Ingliz tili o‘qituvchilari uchun “KRK” va “KRS” tadbirlarini tashkil etish boʻyicha mentor o‘qituvchilarni tayyorlash kursiga start berildi
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ingliz tili o‘qituvchilariga «Kasbiy rivojlanish kuni – KRK» va «Kasbiy rivojlanish soati – KRS» tadbirlarini kaskad usulida tashkil etish bo‘yicha mentor o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi boshlandi. Bunda master trenerlar: KRK va KRS tadbirlarini tashkil etishda trener sifatidagi rolini tushunish; klaster maktablarda sakkiz […]
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogika markazi direktori o‘rinbosari A.Qaypnazarov so‘zga chiqib, ishtirokchilarni bayram munosabati bilan tabriklab, muhtaram Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan sohaga qaratilayotgan ulkan e’tiborni alohida ta’kidladi. Buyuk […]
Hurmatli Vatan himoyachilari! Qadrli vatandoshlar. Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan chin yurakdan tabriklaymiz.
Yurtimizda Vatanni himoya qilishday buyuk xizmatga o’zini bag’ishlagan askarlarimiz cheksiz hurmat-izzatga loyiq ko’rilib, har yili 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni sifatida belgilanib kelinmoqda. Albatta, Vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch va vazifa hisoblanadi. Bu vazifani ado etishda yurtimiz himoyachilari hisoblangan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xalqimizning tinch va osoyishta turmushini ta’minlash […]
Muvafaqqiyatli islohotlar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institute, Singapur xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda 6-10 – yanvar kunlari master-trenerlar uchun navbatdagi o’quv seminari tashkil etildi. Unda dastur doirasida singapurlik tabiiy fanlar bo’yicha xalqaro ekspertlar doctor Charles Chew, Lau Chor Yam, Mannan, doctor Turner, matematika fanidan Kanan Ramdas (Raj), doctor Oh Boon Seng […]
«Loyihaga asoslangan ta’lim» mavzusida seminar-trening tashkil etildi
Xabaringiz bor, tegishli buyruq bilan Janubiy Afrikalik tajribali mutaxassis Monsi Richard Mokete Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori V.Bekmuratovaning maslahatchisi etib tayinlangan edi. Monsi Richard Mokete tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o’qituvchilari va metodistlari uchun «Loyihaga asoslangan ta’lim» mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Treningda STEAM texnologiyasi asosida o’quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantiruvchi amaliy […]