O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi PP-152-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markaziga, respublikaning olis va chekka hududlarida joylashgan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish uchun «Aqlvoy» avtobusi berilgan edi. Bugun, ushbu […]
Nukus shahridagi 1,19,36,37-sonli maktablarda aniq fan yo‘nalishida KRS tadbirlarining tashkil etilish jarayoni o‘rganib chiqildi
Nukus shahridagi 1,19,36,37-sonli maktablarda aniq fan yo‘nalishida KRS tadbirlarining tashkil etilish jarayoni o‘rganib chiqildi. «Metodik xizmat ko‘rsatish» bo‘limi metodistlari tomonidan «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirida aniq fan o‘qituvchilari bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tinglab, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, metodistlar tomonidan yetakchi pedagoglarga metodik yordamlar ko‘rsatildi.
Dúnya jarasıǵı-gúltajı hayal
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan bayram kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Pedagogika markazi direktori Venera Bekmuratova so‘zga chiqib, Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda xotin-qizlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab, yig‘ilganlarni samimiy qutlab, ezgu tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng markazda xotin-qizlar tomonidan qo‘lga kiritilgan […]
Ayollar baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi.
8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni Bugun, 7 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Ayollar baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi» mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda barcha tinglovchilar faol ishtirok etib, bir-biriga ezgu tilaklar bildirdi. Tadbir davomida bayram tilaklari aytilib, jonli qo‘shiqlar ijro etildi va qiziqarli viktorina o‘yinlari tashkil etildi. […]
Maktab o‘qituvchilarining darslari tahlil qilindi va metodik yordamlar ko‘rsatildi
Xo‘jayli tumani 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida metodik tur o‘tkazildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi «Metodik xizmat ko‘rsatish» bo‘limi metodistlari tomonidan maktab o‘qituvchilarining darslari tahlil qilindi va metodik yordamlar ko‘rsatildi. Shuningdek, kreativ fikrlashni rivojlantiruvchi metodlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
Joylarda «Metodik mahorat kuni» tadbirlari boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining maxsus buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning «Metodik mahorat kuni» va «Metodik mahorat soati» tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Bugun respublikamizdagi 25 ta tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotida […]
Olis qishloqlarda ham mobil ta’lim tashkil etiladigan bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markaziga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mobil malaka oshirish xizmatlari negizida tashkil etilgan avtobus olib kelindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi tegishli farmoniga muvofiq, joriy yilning 1 martidan boshlab tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlarini joriy etish […]
Ingliz tili o‘qituvchilari uchun «KRK» tadbirlari tashkil etildi
28 fevral kuni ingliz tili fani yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi (Cluster-school CPD activity) «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbiri tashkil etildi. Ma’lumot uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasida ingliz tili fani bo‘yicha 19 tayanch maktabda 29 mentor o‘qituvchi 714 yetakchi o‘qituvchilarga «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 31-yanvardagi 34-sonli buyrug‘iga asosan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida kasbiy rivojlanish tadbirlari sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida boshlang‘ich ta’lim mentor o‘qituvchilar uchun pedagogik mahorat markazida seminar trening bo‘lib o‘tdi. Seminar treningda boshlang‘ich ta’lim master treneri N.Artikbayeva tomonidan 1-modul «Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim» bo‘yicha keng ma’lumotlar berildi. Unda bola shaxsiga […]
«Yilning eng ijodkor o‘qituvchisi» tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi
Taxiatosh tumanidagi 7-maktab direktorining tashabbusi bilan maktab miqyosida «Yilning eng ijodkor o‘qituvchisi» tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovga maktabning yosh o‘qituvchilari qamrab olindi. Tanlovning maqsadi: yosh pedagoglarning dars o‘tish mahoratini oshirish va qiziqarli tashkil etish orqali o‘quvchilarning dars jarayonida faol ishtirokini ta’minlash, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, KRK va KRS tadbirlarida […]