Click to listen highlighted text!

Muallif: admin_kkrpm

«O‘quvchilarni olimpiadaga tayyorlash va natijalarni tahlil qilish» mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

 2025-yil 13-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan «Ahamiyatli 90 kun» tadbirlari doirasida ta’lim darajasi past bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagoglari uchun «O‘quvchilarni olimpiadaga tayyorlash va natijalarni tahlil qilish» mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminar davomida olimpiadaga tayyorgarlikni samarali tashkil etish, natijalarni tahlil qilish usullari, shuningdek, yuqori ko‘rsatkichlarga erishish […]

«Ustozlar milliy forumi» davom etmoqda

“Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida oʻtkazilayotgan Ustozlar milliy forumi qizgʻin davom etmoqda. Tadbir doirasida ishtirokchilar fan yoʻnalishlari boʻyicha turli shoʻbalarga boʻlinib, seminar mashgʻulotlarida faol qatnashmoqda. A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti mezbonlik qilayotgan forumda yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 210 nafar ilgʻor va yetakchi pedagog hamda tarbiyachilar ishtirok etmoqda. Forumda Qoraqalpogʻiston Respublikasi […]

2025-yil 1-oktyabrdan boshlab o‘qituvchilar uchun «Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagoglari uchun «Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» tizimi joriy etilmoqda. Mazkur tashabbus o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, innovatsion va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda. Kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari  11 fan yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi […]

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA ILMIY-METODIK KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TDI.

2025 yil 30 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining kichik majlislar zalida navbatdagi ilmiy-metodik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Pedagogik mahorat markazi direktori Venera Bekmuratova ochdi va olib bordi. Kun tartibida Markaz tomonidan 2025 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish, shuningdek, istiqboldagi vazifalarni belgilash masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda kafedra mudirlari va […]

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida maktabgacha ta’lim tizimi pedagoglari ishtirokida 18 soatlik qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga start berildi.

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida maktabgacha ta’lim tizimi pedagoglari ishtirokida 18 soatlik qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga start berildi. 📊 Muhim 90 kun doirasida bo‘lib o‘tgan ushbu o‘quv kurslarida tajribali mutaxassislar tomonidan: ➖ Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirish, ➖ta’lim va tarbiya jarayonlariga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ➖ xalqaro […]

«Zamonaviy rahbar» tanlovining g‘oliblari aniqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida o‘tkazilgan «Zamonaviy rahbar» tanlovi o‘z yakuniga yetdi. Tanlov jarayonida ishtirokchilar zamonaviy rahbarlik ko‘nikmalari, muammoli vaziyatlarni yechishdagi yondashuvlari, jamoa bilan samarali ishlash qobiliyati va ta’lim jarayonini boshqarishda innovatsion yondashuvlarga tayyorlik darajasi bo‘yicha baholandi. Tanlov natijalariga ko‘ra, tanlovda faol ishtirok etib, yuqori natijalarni ko‘rsatgan […]

Fidoyi jurnalistlar rag‘batlantirildi.

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida soha vakillari ishtirokida bayram kechasi tashkil etildi. Tadbir davomida Markaz direktori V.Bekmuratova barcha jurnalistlar va axborot sohasi xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida jurnalistlar faoliyatining bugungi jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidladi. «Sizlarning mehnatingiz tufayli […]

“Ekologik xavfsizlik va uni ta’minlash yo‘nalishlari”

2025-yil iyun oyida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasining katta o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) S. Usenov tomonidan Fizika fani kurs tinglovchilari uchun “Ekologik xavfsizlik va uni ta’minlash yo‘nalishlari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Mazkur darsda global ekologik muammolar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, shuningdek, ekologik xavfsizlikni ta’minlashda davlat siyosati va xalqaro hamkorlik masalalari muhim mavzulardan biri […]

Zamonaviy boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari

Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi dotsenti G.Yusupova tashabbusi bilan tinglovchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirishga qaratilgan «Zamonaviy boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari» nomli tanlov o‘tkazildi. Tanlovda 6 ta boshlang‘ich guruhdan 5 nafar tinglovchi qatnashib, o‘z bilim, iqtidor va ijodiy qobiliyatlarini namoyish etdi. Tanlov 3 bosqichda o‘tkazildi. Tanlovning eng qiziqarli bosqichi […]

«Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktorining xalqaro maslahatchisi S’celo Velenkosini Zulu tomonidan Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani uzluksiz kasbiy rivojlanish kursi tinglovchilariga «Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Trening davomida o‘qituvchilar o‘quv jarayonida baholash mezonlarini to‘g‘ri tuzish, ularni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, shaffof va xolis baholash tizimini yaratish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishdi. […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!