Click to listen highlighted text!

Muallif: admin_kkrpm

“Tarbiya fanini o‘qitishda affektiv ko‘nikmalarni rivojlantirish” mavzusida metodik seminar o‘tkazildi

“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasining katta o‘qituvchisi Nurjamal Tleumuratova tomonidan Tarbiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) kursi tinglovchilari uchun “Tarbiya fanini o‘qitishda affektiv ko‘nikmalarni rivojlantirish” mavzusida metodik seminar tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi — Tarbiya fanida affektiv ko‘nikmalarning mazmuni va ularning bosqichlarini yoritish, shuningdek, o‘quvchilarda empatiya, qadriyatlarni qabul qilish va munosabat bildirish kabi affektiv […]

“Bayrog‘imiz — faxrimiz” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi tomonidan 18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Bayrog‘imiz — faxrimiz” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — tinglovchilar va pedagoglar orasida davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat va ehtiromni oshirish, milliy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyatini chuqur anglatish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik va […]

#Open_Lesson Boshlang‘ich ta’lim tinglovchilari uchun interfaol metodlardan foydalanilgan amaliy ochiq dars o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi dotsenti Perdaxon Saliyeva tomonidan boshlang‘ich ta’lim (qoraqalpoq tilida olib boriladigan) 3-guruh tinglovchilari uchun “O‘zlashtirishi qiyin o‘quvchilarni badiiy asarni tahlil qilishga o‘rgatishda interfaol usullardan foydalanish” mavzusida amaliy ochiq dars tashkil etildi. Darsning maqsadi — tinglovchilarning o‘qish savodxonligi va ona tili darslarida XXI asr ko‘nikmalarini […]

Ona tili va adabiyot darslarida ‘Material-rasmli-ramziy’ yondashuv orqali hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Bayrambay Turimbetov tomonidan uzluksiz kasbiy rivojlanish «Qoraqalpoq tili adabiyoti» kursida “Ona tili va adabiyot darslarida ‘Material-rasmli-ramziy’ yondashuv orqali hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Dars PISA xalqaro baholash dasturi asosida ona tili va adabiyot darslarining samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etildi. Ishtirokchilar matnni tushunish va […]

Pedagogik mahorat markazida Hosil bayrami

2025-yil 13-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi tashabbusi bilan yurtimizda har yili nishonlanib kelinayotgan «Hosil bayrami» tadbiri o‘tkazildi. Bu bayram yurtimizning hosildor dalalari, mirishkor dehqonlarimizning fidokorona mehnati va ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan dehqonchilik an’analarini qadrlashga xizmat qilib, jamiyatimizda mehnat va baraka timsoli sifatida keng nishonlanadi. Tadbir davomida […]

BERUNIY TUMANIDA O‘QITUVCHILAR UCHUN AMALIY METODIK SEMINAR O‘TKAZILDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 28-oktyabrdagi 35-sonli hamda Beruniy tumani hokimligining 2025-yil 25-oktyabrdagi 2-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Beruniy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli, ta’lim sifati past va murakkab muhitdagi maktab o‘qituvchilari uchun amaliy metodik seminar tashkil etildi. Seminar Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlaridan iborat mobil metodik guruh tomonidan […]

#PISA Poytaxtimizda O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dasturi (PISA) Boshqaruv kengashining 60-yubiley sessiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirni kirish so‘zi bilan Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova ochib berdi va O‘zbekistondagi ta’lim islohotlari, xalqaro tadqiqotlardagi ishtiroki va kelgusi vazifalar haqida so‘z yuritdi. Tadbirda, shuningdek Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OЕCD) rahbarining ta’lim masalalari bo’yicha maslahatchisi Andreas Shlayxer, Boshqaruv Kengashi raisi Michele Bruniges hamda PISA dasturida ishtirok etuvchi 91 ta mamlakat vakillari […]

«Korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari» mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi

«Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasining katta o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) S. Usenov tomonidan matematika fani kursi tinglovchilari uchun «Korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq darsning asosiy maqsadi — tinglovchilarni korrupsiya holatlariga nisbatan murosasiz bo‘lishga, halollik, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillariga sodiq bo‘lishga da’vat etishdan iborat. S. Usenov korrupsiyaga qarshi […]

Tajriba almashinuvi davom etmoqda

 2025-yil 12-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tinglovchilari Nukus shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurib, ilg‘or tajribalarni o‘rganishdi. Ushbu tashrif Pedagogik mahorat markazi hamda Prezident maktabi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etildi. «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi o‘qituvchilari G.Allaxova va G.Ubbiniyazova boshchiligida «Tarix» fani tinglovchilari xalqaro va mahalliy o‘qituvchilarning darslarini kuzatib, zamonaviy ta’lim metodlari bilan tanishdilar. Shuningdek, […]

O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizimi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi dotsenti Quatbay Turmanov tomonidan Uzluksiz kasbiy rivojlantirish «Informatika» kursida «O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizimi» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq dars davomida zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini samarali baholashda qo‘llaniladigan vositalar, formativ va summativ baholash turlari hamda ularning amaliyotga […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!