Click to listen highlighted text!

Bo'lim: Songi yangiliklar

BERUNIY TUMANIDA INGLIZ TILI FANI BO‘YICHA OCHIQ DARS TAHLILI O‘TKAZILDI

Pedagogik mahorat markazining ingliz tili fani metodisti Z. Bagdiyarova tomonidan Beruniy tumanidagi 29-, 35- va 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ingliz tili fani yetakchi o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan ochiq darslar tahlil qilindi. Tahlil davomida metodist tomonidan darsning tashkiliy jihatlari, qo‘llanilgan zamonaviy metodlar, o‘quvchilarning faolligi hamda mavzuni o‘zlashtirish darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Metodist Z. Bagdiyarova dars jarayonida […]

Energetika – Turmushning yuragi mavzusida tadbir o‘tkazildi

2025-yil 11-dekabr kuni Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasining Fizika fani tinglovchilari tomonidan 22-dekabr – Energetiklar kuni munosabati bilan «Energetika – Turmushning yuragi» mavzusida tadbir o‘tkazildi. Energetika sohasi mamlakatning iqtisodiy salohiyati, infratuzilma barqarorligi va aholi turmush sifati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan strategik yo‘nalishlardan biridir. Bugungi kunda energetika tizimining barqaror rivojlanishi samarali energiya manbalaridan foydalanish, qayta […]

“Qalb ko‘zi bilan ko‘rilgan bilim makoni”

“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi G. Ubbiniyazova rahbarligida tinglovchilar uchun poytaxtimizdagi ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan maxsus kutubxonaga amaliy tanishuv tashrifi tashkil etildi. Maqsad — mazkur kutubxonada nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imkoniyat va texnik sharoitlar bilan tinglovchilarni yaqindan tanishtirishdan iboratdir. Tashrif davomida kutubxonada mavjud BRAYL alifbosidagi kitoblar, audiovizual manbalar, matnlarni Brayl yozuviga ko‘chirish qurilmalari, kattalashtirib […]

OITS va OIV infeksiyasining profilaktikasi bo‘yicha ma’rifiy uchrashuv

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) va orttirilgan immunitet tanqisligi virusi (OIV) infeksiyasi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Zuhra Shaniyazova hamda biologiya kursi tinglovchilari ishtirokida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida OITS va OIV infeksiyasining tarqalish sabablari, xavf omillari, kasallikni yuqtirish mexanizmlari hamda […]

VAZIR O‘RINBOSARLARI IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ O‘QUVCHILAR HOLATIDAN XABAR OLDI

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni Bugun, 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati tomonidan hududlarda nogironligi bo‘lgan bolalarga ko‘mak va e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan tashriflar amalga oshirildi. Vazirlik rahbariyati a’zolari tomonidan tumanlardagi maktablarda tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarning ahvoli va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Vazirning birinchi o‘rinbosari Aybek Dauletbaev […]

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida butun dunyoda nishonlanadi. Uning maqsadi – jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironlar huquqlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, nogironlarning muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etishdan iborat.

Qoraqalpog‘istonlik maktab direktorlari – endi Malayziyada! ✈️

#xalqaro_hamkorlik 2025-yil menejerlik kurslarida eng yuqori natijalarga erishgan maktab rahbarlarimiz xalqaro maydonga chiqdi. Amudaryo tumani 40-maktab direktori — Xo‘jamuratova Sanobar Ismailovna Xo‘jayli tumani 23-maktab direktori — Kazakbayeva Klara Kuralbayevna Ular Kuala-Lumpur shahridagi nufuzli Saravak Universitetida malaka oshirish uchun yo‘lga chiqdi. Bu safar — nafaqat o‘qish, balki yangi tajribalar, yangi g‘oyalar va global ta’lim standartlariga yaqin […]

«Zamonaviy rahbar» tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida o‘tkazilgan «Zamonaviy rahbar» tanlovi o‘z yakuniga yetdi. Unda maktab direktor o‘rinbosarlari zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalari, jamoa bilan ishlash mahorati hamda muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatini namoyish etdilar. Tanlovda o‘zining innovatsion yondashuvi va faol ishtiroki bilan ajralib turgan pedagoglar «Hurmat yorlig‘i» bilan taqdirlandi. Ta’limning taraqqiyoti — zamonaviy rahbarlarning qo‘lida!

«Kreativ pedagog» tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida pedagogik mahorat va ijodkorlikni sinovdan o‘tkazuvchi – «Kreativ pedagog» tanlovi yakunlandi! Ushbu tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining yangicha fikrlash qobiliyati, dars jarayoniga kreativ yondashuv va pedagogik tajribasini namoyish etdi. Tanlov uch bosqichda tashkil etilib, har bir bosqichda ishtirokchilarning metodik salohiyati, interfaol usullardan foydalanish ko‘nikmalari va o‘quvchilar bilan ishlashdagi samaradorligi sinovdan o‘tkazildi.

Ustozlikning buyuk yo‘li: Professor Marat Allanazarovich Utepbergenov – 60 yoshda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Qoraqalpog‘istonga xizmat ko‘rsatgan «Yoshlar ustozi,» psixologiya fanlari doktori, professor Marat Allanazarovich Utepbergenovning 60 yoshga to‘lishiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i Tatlimurat Atamuratov, Nukus shahar hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Zulfiya Dauletnazarova, oliy o‘quv […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!