2026-yil 25-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Texnologiya kursi tinglovchilari uchun “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti N.Yu. Ibragimova boshchiligida master-klass tashkil etildi. Mazkur master-klass Xo‘jayli tumani 8-sonli umumta’lim maktabining oliy toifali o‘qituvchisi Bekchanova Rano tomonidan “Momiq simlardan gullar yasash texnologiyasi” mavzusida olib borildi. Mashg‘ulot davomida tinglovchilar momiq simlardan amaliy […]
#Navro‘z Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lash!
Uch ming yildan ziyod o‘z tarixiga ega Navro‘z bayrami xalqimizning eng ulug‘ bayramlaridan biri bo‘lib, bu kunni azaldan ajdodlarimiz yangi yilning boshi sifatida ko‘tarinki kayfiyatda kutib olganlar. Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lash!» shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Guliston Kojabayeva ishtirokchilarni yil […]
Pedagogik mahorat markazida jamoaviy shartnoma ijrosi muhokama qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida markaz ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoaviy shartnomaning ijrosi bo‘yicha navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi raisi M. Dawılbaev, markaz rahbarlari va barcha xodimlar ishtirok etdi. Tadbirni markaz direktori G.T.Kojaboyeva ochib berdi. Unda jamoa shartnomasi doirasida […]
Assalomu alaykum, hurmatli vatandoshlar, qadrli ustozlar!
Sizlarni va oila a’zolarini tabiat uyg‘onishi, yangilanish va yosharish, mehr-oqibat hamda bag‘rikenglik ayyomi bo‘lgan Navro‘z bayrami bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman! Navro‘z asrlar davomida xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biri bo‘lib kelgan. Ushbu qutlug‘ ayyom insonlarni tinchlik va totuvlikni qadrlashga, bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishga, yurtimizda hukm surayotgan osoyishtalikni asrab-avaylashga undaydi. Ayniqsa, […]
«Hayot go‘zal, unda Siz borsiz!» mavzusida tonggi tadbir o‘tkazildi
#Tonggi_tadbir Yangilanish, yasharish ayyomi – Navro‘z bayramiga bag‘ishlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari tomonidan «Hayot go‘zal, unda Siz borsiz!» mavzusida tonggi tadbir o‘tkazildi.
Nukus shahrida ‘Metodik mahorat kuni’ doirasida amaliy seminar-trening o‘tkazildi
2026-yil 17-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogika mahorat markazi metodistlari tomonidan Nukus shahridagi tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” doirasida navbatdagi amaliy seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari faol ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashish ham amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Seminar-trening davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish mexanizmlari, […]
Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan ‘Kelajak soati’ darslari
Mamlakatimizda tarixiy xotirani asrab-avaylash, qatag‘on qurbonlari xotirasini e’zozlash hamda yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoshida faoliyat yuritayotgan «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyida «Kelajak soati» darslari tashkil etildi. Darslar «Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan «Tarixiy muzeyga sayohat» […]
Umumxalq xayriya hasharida markaz jamoasi faol ishtirok etmoqda
🌳Yurtimizda bahorning ilk kunlari obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan yanada fayzli ruhda davom etmoqda. Joriy yilning 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari ana shunday ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasidir. 🌿“El farovonligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. 🌱Hashar jarayonida markaz hududi […]
Ulusning ulug‘ kuni – «Amal» bayrami nishonlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan qardosh qozoq xalqining milliy bayramlaridan biri bo‘lgan «Amal» bayrami va Ko‘rish kuni munosabati bilan «KÓRISIW – TINISHLIQ HÁM RUWXIY JAŃALANÍWDÍŃ BASLANÍWÍ» nomli adabiy-kompozitsion bayram kechasi tashkil etildi. Tadbirda Pedagogik mahorat markazi direktori Gulistan Kojabaeva so‘zga chiqib, Amal bayrami – Navro‘zning jarchisi, yangilanish va uyg‘onish timsoli […]
🌳3-mart – Xalqaro Yovvoyi Tabiat Kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
Pedagogik mahorat markazida “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi docenti Z. Shaniyazova tomonidan 3-mart – Xalqaro Yovvoyi Tabiat Kuni munosabati bilan yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va atrof-muhitga mas’uliyatni oshirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni tabiatni asrashga rag‘batlantirish va ekologik ongini oshirishdan iborat. Tadbirda ishtirokchilarga atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat qonunlari va xalqaro […]




