Pedagogik mahorat markazi jamoasi ham mazkur ezgu tashabbusda faol qatnashib, o‘z hissasini qo‘shdi. Hashar davomida hududlarni obodonlashtirish, daraxtlarni parvarish qilish, tozalash ishlari amalga oshirildi. Tadbirda jamoa a’zolari bir yoqadan bosh chiqarib, atrof-muhitni yanada fayzli qilishga bel bog‘lashdi. Bunday ishlarda hamkorlik va mehr-oqibat ruhining yaqqol namoyon bo‘lishi hasharning asosiy maqsadiga to‘la mos keldi. Shu bilan birga, […]
Pedagogik mahorat markazida “Robototexnika” o‘quv kursining 5-kuni davom etmoqda.
Pedagogik mahorat markazida “Robototexnika” o‘quv kursining 5-kuni davom etmoqda. Ishtirokchilar robotlarni dasturlash va boshqarish bo‘yicha yangi bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni egallashmoqda.
Pedagogik mahorat markazida o‘tkazilayotgan “Jasorat maktablari” fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining bugungi mashg‘ulotlari o‘z yakuniga yetdi.
O‘qituvchining kasbiy va shaxsiy motivatsiyasi, Fikr bilan ishlash va muloqot madaniyati, Loyiha ishlaridan foydalanish orqali tanqidiy tahlilni rivojlantirish, O‘quvchiga yo‘naltirilgan yondashuv kabi dolzarb mavzular yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlashdi. Kurs yakunida barcha domlalarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Ushbu malaka oshirish jarayoni o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini yanada oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda […]
Pedagogik mahorat markazida «Robototexnika» o‘quv kursining 4-kuni davom etmoqda.
✨Bugungi mashg‘ulotlarda tinglovchilar robotlarni dasturlash, innovatsion g‘oyalarni amalda sinab ko‘rish va jamoaviy loyihalarda faol ishtirok etishmoqda. 🤖🚀
(Qaraqalpaqsha) #XOSh XABAR !Palwanova Mehribanım Ayapbergenovna, «Qaraqalpaqstan Respublikası Xalıq bilimlendiriw aǵlası» kókirek nıshanı menen sıylıqlandı
#XUSH_XABAR ! Palwanova Mehribanım Ayapbergenovna, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodisti, ta’lim sohasidagi samarali mehnati uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
O‘qituvchilar uchun ijtimoiy-hissiy ta’lim (SEL) dasturi bo‘yicha o‘quv treninglari davom etmoqda
Treninglarning ikkinchi kuni doirasida quyidagi mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi: “Rahmdillik, o‘z-o‘zini anglash va o‘ziga rahmdil bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish”; “Ta’lim chempionlari”. Mazkur treninglarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi o‘qituvchilari A. Masharipova va M. Uteulievalar ishtirok etmoqdalar.
Pedagogik mahorat markazida “Robototexnika” o‘quv kursining 3-kuni davom etmoqda
Bugungi mashg‘ulotlarda ishtirokchilar robotlarni tuzish, dasturlash va boshqarish jarayonida yanada murakkab vazifalarni bajarishmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar davomida ular innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, jamoada ishlash va muammolarni yechish ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda. “Robototexnika” kursi davomida qatnashchilar nazariy bilimlarni amaliy mashqlar bilan uyg‘unlashtirib, kelgusida o‘quvchilarga sifatli ta’lim berishda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
“Zamonaviy fanlar laboratoriyasi” kursi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan ish rejasi asosida Beruniy tumanidagi 65-maktabda 18–23 avgust kunlari Fizika va Kimyo fanlari kabinet mudirlari uchun qisqa muddatli “Zamonaviy tabiiy fanlar laboratoriyasi” kurslari tashkil etildi. Kursning asosiy maqsadi – fan kabineti hujjatlarini yuritish, ularni to‘g‘ri rasmiylashtirish va amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlash bo‘yicha ustozlarning bilim va ko‘nikmalarini […]
Pedagogik mahorat markazida “Robototexnika” o‘quv kursining 2-kuni bo‘lib o‘tmoqda.
Ishtirokchilar robotlarni tuzish, dasturlash va boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, o‘z ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda.
Ijtimoiy-hissiy taʼlim bo‘yicha trening boshlandi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida YUNESKO, M.Gandi nomidagi Ta’lim instituti va Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti bilan birgalikda Ijtimoiy-hissiy taʼlim (SEL) dasturi bo‘yicha treninglar boshlandi. Mazkur dastur ilk bora joriy etilmoqda va unda 40 nafar ustoz ishtirok etmoqda. Treninglar davomida: rahmdillik va o‘z-o‘zini anglash ko‘nikmalarini shakllantirish, […]




