O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Singapur davlatining xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda joriy yilning 24-27 mart kunlari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida matematika va tabiiy fanlar (Science) bo‘yicha master-trenerlar uchun o‘qishlarning navbatdagi bosqichi tashkil etilmoqda. Shuningdek, ushbu seminar-treninglarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi, Beruniy tumani 1-sonli va Qo‘ng‘irot tumani 35-sonli maktablarda […]
O‘QITISHNING INTERFAOL USULLARI
Joriy yilning 25-mart kuni «Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Tleumuratova tomonidan uzluksiz kasbiy rivojlantirish Tarbiya guruhida «O‘qitishning interfaol usullari (Kognitiv va psixomotor ko‘nikmalarni rivojlantirish usullari) » mavzusida interfaol dars tashkil etildi. Interfaol darsning maqsadi: o‘quvchilarni muhokama va tahlil jarayoniga jalb etish orqali tanqidiy fikrlash va muammolarni yechish hamda ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan […]
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida KRS tadbirlarining tashkil etilish jarayoni o‘rganib chiqildi
Nukus shahridagi 26,47-sonli maktablarda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida KRS tadbirlarining tashkil etilish jarayoni o‘rganib chiqildi. «Metodik xizmat ko‘rsatish» bo‘limining boshlang‘ich ta’lim metodisti N.Artıqbaeva «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tinglab, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, metodist tomonidan pedagoglarga metodik yordamlar ko‘rsatildi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun «KRS» tadbirlari tashkil etildi
Respublikamizning barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlarni tashkil etishdan maqsad – o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik jihatdan yordam berish uchun zarur sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
«AQLVOY» AVTOBUSI BOZATOV TUMANIDA
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mobil malaka oshirish xizmatlari asosida tashkil etilgan avtobus Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi uchun ham ajratilib, ushbu mobil malaka oshirish xizmatlari respublikamizning olis va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun o‘z ishini boshlab yubordi. Bugun ushbu maxsus avtobus Bo‘zatov tumanidagi «Aspantay» ovul […]
Tarix darslarida interfaol taqdimotlar tayyorlash
«Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi mudiri R.Bavatdinov va Ellikqal’a tumanidagi 73-maktabning tarix fani o‘qituvchisi R.Durdibayevlar tomonidan uzluksiz kasbiy rivojlanish «Tarix» guruhida «Tarix darslarida interaktiv taqdimotlar tayyorlash» mavzusida binar dars o‘tkazildi.Darsda tarix fanida o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirish, ularni to‘liq dars jarayoniga qamrab olish va mavzu mazmunini o‘zlashtirishini yanada yaxshilash maqsadida interaktiv taqdimotlar tayyorlash muhimligiga keng to‘xtalib o‘tildi.Tarix […]
Qadriyatlaring abadiy bo‘lsin, Navro‘z! Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Qadriyatlaring abadiy bo‘lsin, Navro‘z!» shiori ostida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiridan fotoreportaj.
Qadriyatlaring abadiy bo‘lsin, Navro‘z! Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Qadriyatlaring abadiy bo‘lsin, Navro‘z!» shiori ostida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiridan fotoreportaj.
Qadriyatlaring abadiy bo‘lsin, Navro‘z!
Uch ming yildan ziyod o‘z tarixiga ega Navro‘z bayrami xalqimizning eng ulug‘ bayramlaridan biri bo‘lib, bu kunni azaldan ajdodlarimiz yangi yilning boshi sifatida ko‘tarinki kayfiyatda kutib olganlar. Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Qadriyatlaring abadiy bo‘lsin, Navro‘z!» shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Venera Bekmuratova ishtirokchilarni yil boshi […]
13-mart – qozoq xalqining «Ko‘rishish-amal bayrami» kuni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 13-mart – qozoq xalqining «Ko‘rishish-amal bayrami» kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda ko‘p millatli Qoraqalpog‘iston hududida hozirgi vaqtda 300 mingga yaqin qozoqlar bo‘lib, ular shu o‘lkada yashovchi boshqa xalqlar bilan bir otaning farzandlaridek tinch-totuv hayot kechirayotganligi aytib o‘tildi. Shu kuni […]
O‘qituvchilar uchun «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbiri o‘tkazilmoqda
Bugun, 14-mart kuni tuman (shahar) lardagi tayanch maktablarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Ingliz tili fani yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi (Cluster-school CPD activity) «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbiri o‘tkazilmoqda. Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad: o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy izlanish va o‘z bilimini muntazam boyitib borish, zamonaviy o‘qitish metodikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Ma’lumot uchun: […]




